Gretsiya tashqi ishlar vaziri Tripoliga safarini samolyotdan tushmasdan to‘xtatdi
Liviya poytaxtiga yetib borgan Nikos Dendias samolyotdan tushishdan bosh tortdi va o‘z mamlakatiga qaytdi.
Gretsiya tashqi ishlar vaziri Nikos Dendias Tripoliga yetib borgach, samolyotdan tushishdan bosh tortdi va Liviya poytaxti aeroportini izohsiz tark etdi.
Qayd etilishicha, xalqaro diplomatik tartib-qoidalar doirasida Liviya TIV rahbari gretsiyalik hamkasbini kutgan, biroq u samolyotdan tushishdan bosh tortgan va hech qanday sababni tushuntirmasdan ortga uchib ketgan.
«Biz Gretsiya vazirining bu xatti-harakatidan afsusdamiz. Liviya Tashqi ishlar vazirligi davlat obro‘si va suverenitetini himoya qilish uchun tegishli diplomatik choralarni ko‘radi», deb ta’kidladi Liviya TIV vakili.
Endi Gretsiya TIV rahbarining xatti-harakatlari ikki davlat munosabatlarida inqiroz keltirib chiqarishi mumkin.
Dendias Liviyaga tashrifi doirasida Tripolida Prezident kengashi raisi Muhammad Minfiy bilan uchrashishni, keyin Bing‘oziyga yo‘l olib, Tobrukdagi Vakillar palatasi spikeri Oqila Solih bilan uchrashishni rejalashtirgan edi.
Mavzuga oid
12:33 / 06.11.2024
BMT: Yil boshidan beri Liviyada minalar portlashi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi
18:20 / 14.09.2024
Ishchi kuchi kamaydi: Gretsiya demografik falokatga yuz tutmoqda
00:16 / 04.09.2024
Gretsiyada bundan 45 yil oldin cho‘kib ketgan qishloq qurg‘oqchilik sabab yana paydo bo‘ldi
18:32 / 29.08.2024