Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston doimiy aholi soni bo‘yicha dunyoda 41-o‘rinni egalladi
Dunyo aholisi soni 8 milliarddan oshdi. O‘zbekiston doimiy aholisi soni bo‘yicha dunyoda 41-o‘rinda.
O‘zbekiston Respublikasida 2022 yil 15 noyabr holatiga doimiy aholi soni 35,9 mln kishini tashkil etgan.
Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, shundan erkaklar – 18,1 mln kishi, ayollar – 17,8 mln kishiga teng.
Birlashgan millatlar tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil 15 noyabr holatiga Yer yuzidagi jami aholi soni 8034,3 mln kishini tashkil etgan.
Bunda, erkaklar – 50,5 foizni tashkil qilyapti, ayollar – 49,5 foizga teng.
O‘zbekiston Respublikasi aholi soni bo‘yicha mamlakatlar o‘rtasida 41-o‘rinda qayd etilgan.