Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada «Novaya gazeta» sayti bloklandi
Roskomnadzor «Svobodnoye prostranstvo» loyihasiga kirishni ham chekladi. «Novaya gazeta» bahorda idoraning «xorijiy agentlar»ni belgilanmagan holda tilga olgani uchun ogohlantirishidan keyin o‘z faoliyatini to‘xtatgandi.
Roskomnadzor «Novaya gazeta» veb-saytlari va uning Rossiyadagi «Svobodnoye prostranstvo» loyihasini blokladi. 17 noyabr, payshanba kuni ertalab ularning veb-manzillar mavjudligini tekshirish xizmatidagi domen nomlari ishlamayotgani «Novaya gazeta. Yevropa» nashri muharrirlari tomonidan aniqlandi.
«Novaya» va «Svobodnogo prostranstva» saytlari Rossiya IP’laridan ochilmayotgani haqidagi xabarlar kechasi paydo bo‘la boshladi.
«Novaya.media va novayagazeta.ru manbalari ilgari doimiy ravishda bloklangan novaya.no veb-saytining «ko‘zgulari» deb tan olingan. Ilgari bloklangan resurslarning «ko‘zgulari»ga kirish Rossiya hukumatining 05.11.2022 yildagi 1995-sonli qaroriga muvofiq cheklanishi kerak», - deb aniqlik kiritdi Roskomnadzor «Interfaks» davlat agentligiga.
«Novaya gazeta» matbuot kotibi Nadejda Prusenkova agentlik bilan suhbatda tahririyatga Roskomnadzor yoki boshqa idoralardan saytlarni bloklashni oqlaydigan da’volar olmaganiga aniqlik kiritdi. «Biz bu qarorlarga albatta sud orqali e’tiroz bildiramiz. Biz nafaqat sayt OAVni ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risidagi qarorga, balki Roskomnadzorning yozma ogohlantirishlariga oid shikoyatlarimiz ustidan ham apellyatsiya berish sanasini belgilaganimiz yo‘q. Advokatlarimiz allaqachon harakatsizlik va qog‘ozbozlik ustidan e’tiroz bildirishgan, biroq Moskva shahar sudi uni ko‘rib chiqishni ham tayinlamadi», - deya Prusenkovaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi «Interfaks».
Mart oyi oxirida «Novaya gazeta» Roskomnadzorning «xorijiy agentlar»ni tegishli yorliqsiz esga olganlikda ayblagan ikki yozma ogohlantirishi ortidan o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu litsenziyani bekor qilish bilan tahdid qildi. Nashr xodimlari «Svobodnoye prostranstvo» sayt-konstruktoridan tashqari, «Novaya rasskaz-gazeta»ni ishga tushirdi va OAVni Rossiyadan tashqarida «Novaya gazeta. Yevropa» sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi. Rossiyada bu resurslar ham bloklandi.
Ukrainaga harbiy bosqin boshlangan kun, 24 fevralda Roskomnadzor ommaviy axborot vositalari uchun talab e’lon qildi, unda jurnalistlarga harbiy harakatlar va ularning oqibatlarini yoritishda faqat Rossiyaning rasmiy manbalariga murojaat qilish majburiyati yuklandi. Ko‘p o‘tmay, Davlat dumasi urush haqidagi «feyklar» va Rossiya armiyasini «obro‘sizlantirish» uchun ommaviy axborot vositalarini suddan tashqari yopish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025