«Bojxona-servis» davlat muassasasining vazifalari belgilandi

Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining “Davlat bojxona qo‘mitasi huzuridagi “Bojxona-servis” davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
“Bojxona-servis” davlat muassasasi asosiy vazifalari:
- davlat tashkilotlari va deklarantlar uchun shartnoma asosida bojxona deklaratsiyasi va boshqa hujjatlarni tuzish, davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etish hamda tovarlarga doir bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish;
- chegara o‘tkazish punktlarini nazorat-texnik vositalar bilan jihozlash, ularga servis xizmatlar ko‘rsatish va ta’mirlash, ushbu vositalardan foydalanganlik uchun pulli xizmatlar ko‘rsatish;
- chegara o‘tkazish punktlari va ularga tutash hududlarda avtoturargohlar tashkil etish hamda qonunchilikda taqiqlanmagan konsalting xizmatlarini ko‘rsatish;
- davlat bojxona xizmati organlariga tegishli bo‘lgan bino va omborlarda shartnoma asosida bojxona omborlari faoliyatini tashkil etish, bojxona omborlarida tovarlarni saqlash, yuklash, tushirish xizmatlarini ko‘rsatish hamda boshqa yuk operatsiyalarini amalga oshirish;
- bojxona nazorati zonasida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish;
- qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat bojxona xizmati organlari tomonidan olib qo‘yilgan va davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni saqlash va sotish (qonunchilik hujjatlarida boshqa davlat organlarga beriladigan mol-mulklar bundan mustasno);
- shaxs davlat foydasiga voz kechish to‘g‘risidagi qarori asosida olingan tovarlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq sotilishini tashkil etish va boshqalar).
“Bojxona-servis” davlat muassasasi va uning hududiy bo‘limlari boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni 245 nafarni tashkil etadi.
2023 yil 1 aprelga qadar davlat bojxona xizmati organlari tomonidan olib qo‘yilgan va davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulklarni: elektron savdo platformalari va savdo yarmarkalari orqali sotish amaliyotini joriy etish; sotish uchun autsorsing asosida tadbirkorlik sub’yektlarini jalb etish; qabul qilib olish, saqlash va sotishgacha bo‘lgan jarayonlarni “onlayn” rejimda monitoring qilish imkonini beruvchi axborot tizimini ishga tushirish choralarini ko‘rish vazifasi yuklatilgan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neyrotarmoq Vena universitetiga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:31 / 05.04.2025
-
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:59 / 05.04.2025
-
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
Jahon | 22:38 / 05.04.2025
-
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi
O‘zbekiston | 22:34 / 05.04.2025
Mavzuga oid

11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida

11:23 / 25.02.2025
Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchi ma’lumoti bojxona postiga oldindan yetkaziladi

20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin

09:31 / 21.02.2025