Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Onkogematologik kasalliklarni davolash tizimi takomillashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining “Onkogematologik, onkologik, birlamchi immunodefitsit va davolash qiyin bo‘lgan hamda qon tizimi kasalliklarini davolash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
2022 yil 1 yanvardan boshlab Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tarkibidan chiqarilgan va mustaqil markaz sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Onkologiya yordamini takomillashtirish va onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish bilan bog‘liq xarajatlar uchun davlat budjetidan 2022 yildan boshlab 125 mlrd so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda mablag‘ ajratilishi nazarda tutilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligiga onkologiya va klinik immunologiyasi markazlarida davolanayotgan har bir bemor kasallik xususiyatidan kelib chiqqan holda, ularni davolash rejasi bo‘yicha har bir markaz uchun alohida “yo‘l xarita”larini ishlab chiqish, tuman (shahar)lar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida hamda viloyat ko‘p tarmoqli bolalar markazlarida ommaviy skrining usulida onkogematologik, onkologik va birlamchi immunodefitsit hamda qon tizimi kasalliklarini erta aniqlash bo‘yicha maqsadli tekshiruvlar o‘tkazish tartibi, mezonlari va bemorlarni soha mutaxassislariga yo‘naltirish tartibini tasdiqlash topshirildi.
Ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasi asosida har ikki yilda gematologiya, onkogematologiya yo‘nalishlarida tashxislash va davolash standartlari qayta ko‘rib chiqiladi. Onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklar bo‘yicha yuqori texnologiyali murakkab operatsiyalarni amalga oshirish uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislar respublikaga jalb qilinadi.
Leykoz, miyeloma, limfoma, aplastik va tug‘ma gemolitik anemiya kasalliklariga chalingan bemorlarda autologik o‘zak hujayralari transplantatsiyasi amaliyotini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan aseptik sharoitga ega qo‘shimcha ikkita besh qavatli binolarni markazlar hududida qurish ham nazarda tutilmoqda.
Mavzuga oid
21:49 / 25.03.2026
“Oqsil bilan stomatitning farqiga borishmayapti” – vodiyda qoramollar kasallanishi haqida
19:20 / 16.03.2026
Kasallanganlarning o‘lim ko‘rsatkichi 90 foizgacha yetishi mumkin: insoniyatni xavotirda ushlab turgan 10 ta virus
12:17 / 13.03.2026
Ayol jigarining yarmini eriga berdi
07:15 / 25.02.2026