Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda hamshira do‘pposlandi
Bu noyabr oyida Qashqadaryo viloyatida tibbiyot xodimlarining do‘pposlanishi bilan bog‘liq ikkinchi holat. Avvalroq Chiroqchida 59 yoshli shifokor do‘pposlangan edi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati perinatal markazida hamshira bemorlardan birining yaqini bo‘lgan ayol tomonidan do‘pposlangani haqida video tarqaldi.
Videoda ayol hamshiraning bosh qismiga bir marta musht va tarsaki tushirgani va atrofdagilar uni tinchlantirishga uringani tasvirlangan. Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 2022 yil 15 noyabr kuni sodir bo‘lgan.
Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati munosabat bildirdi.
«Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi», deyiladi munosabatda.
Avvalroq, 2022 yil 19 oktyabr kuni Qashqadaryoda bemorning o‘g‘li shifokorni do‘pposlagan va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Shuningdek, Angor tumanida travmatolog shifokor, Denov tumanida hamshira, 2022 yil 12 oktyabrda Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida «Tez yordam» shifokori, 16 oktyabr kuni Mirobod tumanida «Tez yordam» shifokori va haydovchisi do‘pposlangandi.
Bundan tashqari, 2022 yil 3 noyabr kuni Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli Uyshun oilaviy poliklinikasida xizmat vazifasini bajarib turgan 59 yoshli shifokor ish joyida do‘pposlangan.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
19:41 / 20.05.2026
Qashqadaryoda 25 yoshli yigit sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
11:45 / 18.05.2026