Qaşqadaryo viloyati Soğliqni saqlaş boşqarmasi axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 3 noyabr kuni keç soat 18:30 larda Çiroqçi tumanidagi poliklinikada 35 yildan buyon umumiy amaliyot şifokori (ayni paytda oilaviy şifokor) bölib işlab kelayotgan X.D. qabuliga bir notaniş erkak 2 nafar ayol bilan kelgan.
Erkak şifokorga turmuş örtoğining betobligini aytib, uni tekşirib qöyişini söragan. Şifokor unga bemorni tekşirguniga qadar oyoq kiyimidagi loyni taşqarida yuvib kelişini aytgan. Şundan söng erkak şifokorni haqoratlab, böynidan böğib, ayovsiz muştlab, tepkilagan.
Oqibatda şifokor jarohatlar olib, huşini yöqotgan. Uni Çiroqçi tumani tibbiyot birlaşmasi şoşilinç tibbiy yordam bölimiga “Peşona, ikkala yonoq, yuz, burun usti, böyin sohasi yumşoq töqimalari lat yeyişi, kökargan jarohatlari, tirnalmalar, boş çayqalişiga gumon” taşxisi bilan yotqizilgan. Ayni paytda davo muolajalari davom ettirilmoqda.
Qayd etilişiça, mazkur holat viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi nazoratiga olingan, huquqni muhofaza qiluvçi idoralar tomonidan örganilmoqda.
Avvalroq, 2022 yil 19 oktyabr kuni Qaşqadaryoda bemorning öğli şifokorni döpposlagan va unga nisbatan jinoyat işi qözğatilgandi.
Bundan taşqari, Angor tumanida travmatolog şifokor, Denov tumanida hamşira, 2022 yil 12 oktyabrda Toşkent şahri Yakkasaroy tumanida «Tez yordam» şifokori, 16 oktyabr kuni Mirobod tumanida «Tez yordam» şifokori va haydovçisi döpposlangandi.
















