Jahon | 10:45 / 22.11.2022
10173
2 daqiqa o‘qiladi

NASA kosmik apparati Oyga yaqinlashdi

«Artemida-1» missiyasi doirasida «Orion» kosmik kemasi birinchi marta Yer yo‘ldoshidan taxminan 130 km uzoqlikda uchuvchisiz rejimda uchib o‘tdi, deb xabar berdi AQSh kosmik agentligi.

Foto: NASA

21 noyabr, dushanba kuni bortida astronavtlarsiz Amerikaning «Orion» (Orion) kosmik kemasi «Artemida-1» (Artemis 1) missiyasi doirasida birinchi marta oydan 130 km uzoqlikda uchib o‘tib, unga yaqinlashdi. Bu haqda AQSh Aeronavtika va kosmik tadqiqotlar milliy boshqarmasi (NASA) xabar berdi. 

Kemani Yerga yaqin fazoga olib chiqqan Space Launch System (SLS) raketa tashuvchisining uchirilishi texnik muammolar va yomon ob-havo tufayli bir necha marta qoldirilganidan so‘ng, 16 noyabr kuni Florida shtati Kanaveral burnidagi uchirish maydonidan amalga oshirildi. Oyga yo‘l taxminan bir hafta davom etdi, endi Orion yana uch hafta parvoz qilishi kerak, shundan so‘ng u Yerga qaytishi rejalashtirilgan. 

Artemis 1 Oy dasturi birinchi marta 2020 yilda ommaga taqdim etilgan. Uning maqsadi - «Apollon» (Apollo) deb nomlangan so‘nggi missiyadan yarim asr o‘tib astronavtlarni Oyga qaytarish, shuningdek, Oyga yaqin stansiya qurish va kelajakda Oyda qolish uchun sharoitlarni tayyorlash.

2024 yilda NASA Artemis 2 missiyasi doirasida Oyga to‘rt nafar astronavt yuborishni rejalashtirmoqda. Boshqariladigan kema Yer yo‘ldoshi atrofida uchishi kerak bo‘ladi, shundan so‘ng u Tinch okeaniga tushadi. 2025 yilga mo‘ljallangan Artemis 3 missiyasi doirasida amerikalik astronavtlar yana Oy yuzasiga qo‘nishga majbur bo‘ladi. 

Mavzuga oid