O‘zbekiston | 07:42 / 22.11.2022
8350
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish hajmi 1 mln tonnadan oshdi 

10 oyda qancha benzin ishlab chiqarilgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

2022 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonda avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 1 mln tonnadan oshdi. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,4 foizga oshgan.

2022 yilning yanvar-oktabr oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:

  • avtomobil benzini – 1 008,6 ming tonna;
  • ko‘mir – 4,4 mln tonna;
  • neft – 656,2 ming tonna;
  • gaz kondensati – 1,1 mln tonna;
  • yengil avtomobillar – 263 488 dona;
  • avtobus – 971 dona;
  • yuk avtomobillari – 3 253 dona;
  • avtomobil dvigatellari – 189 558 dona.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid