Jahon | 22:31 / 22.11.2022
17948
2 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariyada dunyodagi eng qimmat hot-dog sotuvga chiqdi 

Shveytsariyada dunyodagi eng qimmat hot-dog sotuvga chiqarildi. Uning narxi - 250 frank (255 yevro). 

Foto: CNN

Hot-doglar Tsyurixdagi keytering kompaniyalaridan biri tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Kompaniya egalari uning mahalliy aholi va sayyohlar orasida xaridorgir bo‘lishiga ishonchi komil. 

Bunday yuqori narx hot-dog tarkibida faqat yuqori sifatli mahsulotlar borligi bilan izohlanadi: sosiska dunyodagi eng qimmat mol go‘shti — Yaponiyaning Kobe (vagyu) go‘shtidan tayyorlangan, unga Alba - oq italyan tryuffellari qo‘shilgan va za’faronli bulkaga o‘ralgan. Sous Fransiyaning Louis Roederer Cristal shampanidan tayyorlangan. Unga Shveytsariya shokoladi ushoqlari va tilla zarralari qo‘shilgan qora murch sepilgan. Hot-dogni pishirish vaqti taxminan 40 minut. 

Shveytsariya muntazam ravishda dunyodagi eng qimmat mamlakatlar reytingida birinchi o‘rinni egallab keladi. Bu yil ECA International konsalting kompaniyasi tomonidan yashash uchun eng qimmat shaharlarning top-10 reytingiga Shveytsariyaning ikkita shahri – Jyeneva (uchinchi o‘rin) va Tsyurix (yettinchi o‘rin) kiritilgan edi. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid