Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainadagi barcha AES, aksariyat IES va GES elektr energiyasiz qoldi
Ukraina Energetika vazirligi barcha atom elektr stansiyalari, issiqlik elektr stansiyalari va gidroelektr stansiyalarining ko‘pchiligi 23 noyabr kuni vaqtincha elektr energiyasiz qolganini ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlarining raketa zarbalari oqibatida aksariyat energetika infratuzilmasi obektlari quvvatsizlangan. Energetika vazirligi, shuningdek, butun mamlakat bo‘ylab iste’molchilarning katta qismi elektr energiyasisiz qolganini ta’kidladi.
«Mamlakat bo‘yicha elektr energiyasi iste’molchilarining katta qismi elektr energiyasidan uzilgan. Favqulodda o‘chirishlar sodir bo‘ladi. Elektr yo‘qligi issiqlik va suv ta’minotiga ham ta’sir qiladi», — deyiladi vazirlik xabarida.
Shuningdek, hozirda mutaxassislar tizimlarni qisqa vaqt ichida qayta tiklash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solayotgani ta’kidlandi.
Avvalroq, 23 noyabr kuni Ukrainada internetda jiddiy uzilishlar qayd etilgani xabar berildi. Bunga butun mamlakat bo‘ylab elektr energiyasining ommaviy uzilishlari sabab bo‘lgan.
Bungacha Ukrainaning barcha hududlarida havo trevogasi e’lon qilingan edi. Keyinroq Ukraina rasmiylari mamlakatning bir qancha mintaqalaridagi energetika obektlariga Rossiya tomonidan raketa zarbalari berilganini tasdiqladi.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026