Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya kompaniyasi O‘zbekistonda o‘zining birinchi mehmonxonasini ochadi
Turizm sohasi mutaxassislariga mo‘ljallangan FVW/TravelTalk ixtisoslashtirilgan sayyohlik jurnali veb-sahifasida Germaniya sayyohlik assotsiatsiyasi prezidenti Norbert Fiyebig boshchiligidagi nemis turoperatorlari delegatsiyasining O‘zbekistonga safari tafsilotlariga bag‘ishlangan maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Unda ma’lum qilinishicha, mazkur delegatsiya amaliy safari Turizm va madaniy meros vazirligi, O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi va Silk Road Samarkand xalqaro sayyohlik markazi tomonidan tashkil etilgan.
Ma’lum qilinganidek, Turizm va madaniy meros vazirligida o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston turistik salohiyatini Yevropada keng targ‘ib qilish va yevropalik sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida Destination Forum loyihasini amalga oshirish masalasi muhokama qilindi.
O‘zbekiston turizm salohiyatini katta tajribaga ega bo‘lgan DTV assotsiatsiyasi marketing resurslaridan foydalangan holda keng targ‘ib qilish, O‘zbekiston dunyodagi eng xavfsiz davlatlardan biri ekanini dunyoga ko‘rsatish, Germaniyadan Samarqand shahriga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish, birgalikda “O‘zbekiston” sayyohlik brendini Yevropaga olib chiqish, DTV tarkibiga kiruvchi eng yirik va eng salohiyatli turistik tashkilotlar hamda operatorlar safarlarini tashkil etish kabi masalalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Nashr mehmonxona biznesida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalariga e’tibor qaratar ekan, “koronavirus pandemiyasiga qaramasdan, O‘zbekistonda mehmonxona o‘rinlari soni so‘nggi yillarda qariyb uch baravarga ko‘paydi”, deb yozadi.
FVW xabariga ko‘ra, 2023 yil bahorida Germaniyaning Deutsche Hospitality kompaniyasi O‘zbekistonda o‘zining birinchi Intercity Hotel Tashkent mehmonxona brendini ochishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
10:15 / 22.06.2026
Germaniyada ishlashni istovchilar uchun yangi dasturlar ishga tushirildi
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026