Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Apple «Manchester Yunayted»ni sotib olmoqchi
Amerikaning Apple korporatsiyasi 5,8 milliard funt sterlingga (7 milliard dollardan ortiq) Britaniyaning «Manchester Yunayted» futbol klubini sotib olmoqchi.
Foto: Getty Images
The Daily Star xabariga ko‘ra, Apple rahbariyati «Manchester Yunayted»ni dunyoning eng boy futbol klubiga aylantirish niyatida. Nashr ehtimoliy kelishuv haqida batafsil ma’lumot bermadi. Shuningdek, bu xabarga Apple va «Manchester Yunayted» rahbariyati ham izoh bermadi.
22 noyabr kuni «Manchester Yunayted» xo‘jayinlari, amerikalik Gleyzerlar oilasi klub uchun «strategik muqobil variantlarni o‘rganishni» boshlagani, shuningdek, sotishni ham ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berildi.
«Bu jarayon klubning kelajakda maydonda ham, tijoratda ham o‘sishini ta’minlashga qaratilgan», deyilgan ingliz klubining press-relizida.
Apple dunyodagi eng yirik texnologik kompaniya bo‘lib, yillik daromadi 326 milliard funtga yaqin va shu oydagi hisob-kitoblarga ko‘ra, uning aktivlari qiymati 2 trillion funtga teng.
Kaliforniyada joylashgan firma «Manchester Yunayted» kattaligidagi futbol klubiga egalik qilish tajribasiga ega emas.
Ammo bosh direktor Tim Kuk «Manchester Yunayted»ga egalik qilish imkoniyatlarini o‘rganishga tayyor.
Mavzuga oid
12:01 / 25.05.2026
«Arsenal» kubok ko‘tardi, «Siti» va «Liverpul» afsonalari bilan xayrlashdi
10:29 / 10.05.2026
«Siti» poygaga qaytdi. Kun o‘yinlari
18:27 / 08.05.2026
O‘zbekistonliklarning xorijiy bigtex kompaniyalar pulli xizmatlaridan foydalanishi 80 foizga oshdi
18:02 / 08.05.2026