Jahon | 16:22 / 24.11.2022
15177
6 daqiqa o‘qiladi

Tug‘uruqxonaga hujum qurboni va Donbassdagi harbiylar. Urush suratlari

Rossiya harbiylari Zaporijjya oblastidagi Volnyansk shahrini o‘qqa tutishdi. Raketalardan biri shifoxonaning tug‘uruq bo‘limiga kelib urilgan, yangi tug‘ilgan chaqaloq nobud bo‘lgan. Bundan tashqari, Rossiya Ukraina bo‘ylab navbatdagi raketa zarbalari yo‘lladi, mamlakat bo‘ylab jami o‘n kishi halok bo‘ldi, shuningdek IES va GESlarning katta qismi faoliyati to‘xtab qoldi — ukrainlarning ko‘pchilik qismi elektr energiyasidan uzilgan, xususan, Kiyevning 70 foizida elektr yo‘q. Yevroparlament Rossiyani «terrorizm homiysi bo‘lgan davlat» sifatida tan oldi. Quyida 23 noyabr, urushning 273-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Kunning asosiy voqeasi

23 noyabr kuni Rossiya qo‘shini Ukrainaning qator regionlari bo‘ylab yoppasiga raketa zarbalari yo‘lladi. Prezident Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya 67 raketa uchirgan, natijada Kiyev, Odessa va Chernihiv oblastlari toksiz qolgan. Ukraina politsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, raketa zarbalari tufayli butun mamlakat bo‘ylab o‘n kishi halok bo‘ldi. Raketa zarbalari tufayli Kiyevda ichimlik suvi ta’minoti to‘xtadi. Bundan tashqari, shahar meri Vitaliy Klichkoning so‘zlariga ko‘ra, poytaxtda «infratuzilma obekti» shikastlangan, aynan qaysi ekaniga aniqlik kiritilmagan. Shuningdek, guvohlarning videolariga ko‘ra, bir necha avtomobil yonib ketgan. 24 noyabr tongidagi holatga ko‘ra, Kiyevning 70 foizida elektr yo‘q. Klichkoning so‘zlariga ko‘ra, shaharda uch kishi halok bo‘lgan, ulardan biri 17 yoshli qiz bo‘lgan. Yana 11 kishi tan jarohati olgan. 

Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Kiyev oblastida raketalar turar joy binosiga kelib urilgan. Bu kadr poytaxtdan 20 kilometr masofadagi Vishgorodda olingan.
Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Vladyslav Sodel / Reuters / Scanpix / LETA

Rossiyaliklarning Zaporijjyadagi tug‘uruq bo‘limiga yo‘llagan zarbasi oqibatlari

23 noyabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Zaporijjyadan 25 kilometr masofada joylashgan Volnyansk shahrini o‘qqa tutdi. Zaporijjya oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Oleksandr Staruxning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklar bir qancha raketa uchirgan — ulardan brii tug‘uruq bo‘limiga kelib tushgan. Zarba natijasida ikki kun oldin tug‘ilgan chaqaloq halok bo‘lgan, uning onasi omon qolgan. Prezident ofisi rahbari o‘rinbosari Kirill Timoshenko Volnyansk o‘qqa tutilishi oqibatida ikki kishi jabrlanganini xabar qilgan — ulardan biri shifokor bo‘lib, u og‘ir ahvolda qolmoqda. 

Katerina Klochko / AFP / Scanpix / LETA
Katerina Klochko / AFP / Scanpix / LETA
Katerina Klochko / AFP / Scanpix / LETA

Ozod etilgan Xerson manzaralari 

Xerson oblastining ozod etilgan qismidagi dala maydonida qolgan Z belgisi aks etgan avtomobil
Chris McGrath / Getty Images
Ukraina hukumati 20 noyabr kuni e’lon qilgan evakuatsiya doirasida bir biridan ayrilayotgan xersonliklar xayrlashmoqda. Shahar aholisidan hudud ichimlik suvi va elektr yo‘q vaqtda, shuningdek, rossiyaliklar zarbalari xavfi saqlanib turganida boshqa hududlarga ketish so‘ralgan.
Murad Sezer / Reuters / Scanpix / LETA
Snigirevkadagi restoranlardan biri yerto‘lasiga kirish joyi. Mahalliy aholi vakillariga ko‘ra, okkupatsiya vaqtida rossiyalik harbiylar bu yerdan qiynoq kamerasi sifatida foydalangan. Snigirevka shahri Mikolayiv oblastining Xerson oblasti bilan chegarada joylashgan. Ukraina qurolli kuchlari shaharni 10 noyabr kuni ozod etdi.
Chris McGrath / Getty Images
Xersondagi tankda ukrain harbiysi. Rossiya qo‘shini shaharni o‘qqa tutishda davom etmoqda. 22 noyabr kungi zarbalar oqibatida mahalliy aholi vakillaridan uch kishi halok bo‘lgan. 24 noyabr kuni prezident ofisi maslahatchisi Aleksey Arestovich Ukraina qurolli kuchlari HIMARS tizimi raketalari orqali Dneprning chap sohilidagi «10 ta nishon»ni aniq mo‘ljalga olgani haqida xabar qildi.
Chris McGrath / Getty Images
Ukrainalik jangchilar Xersondagi yangi pozitsiyaga o‘tishga tayyorlanmoqda.
Chris McGrath / Getty Images

Avdeyevka ostonasidagi rossiyalik harbiylar

RF armiyasi Avdeyevka yo‘nalishida harbiy harakatlarni davom ettirmoqda. Ammo Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lum qilishicha, ukrainlar hujumlarni qaytarmoqda. «Bizning Avdeyevka va Baxmut yo‘nalishlaridagi asosiy rejamiz — raqibni maksimal darajada holdan toydirish va buni har kuni qilish, biz ularga to‘ldirib bo‘lmas yo‘qotishlar bermoqdamiz va buni har kuni qilmoqdamiz. Rossiya qurolli kuchlarining professional harbiylardan iborat o‘zagining asosiy qismi allaqachon qirib tashlangan deyish mumkin», — dedi Ukraina armiyasi sharqiy guruhi spikeri Sergey Cherevatiy.

«DXR» armiyasi jangchilari rossiyalik ko‘ngillilar keltirgan kvadrokopter bilan
Alessandro Guerra / EPA / Scanpix / LETA
Alessandro Guerra / EPA / Scanpix / LETA
Alessandro Guerra / EPA / Scanpix / LETA

Donbassda tank ta’mirlayotgan ukrain harbiylari 

Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid