Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Agrobank “DaVinchi mukofoti- 2022” tanlovida g‘olib bo‘ldi
Agrobank O‘zbekistonda munosib ish beruvchilarni mahalliy, davlat va xalqaro toifalarda aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan “DaVinchi mukofoti- 2022” tanlovida “Eng yaxshi o‘quv markazi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi.
Foto: Agrobank
25 noyabr kuni Toshkentda “Davinchi Management Consulting” kompaniyasi tomonidan HR sohasida O‘zbekistonda munosib ish beruvchilarni mahalliy, davlat va xalqaro toifalarda aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan “DaVinchi mukofoti- 2022” tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda Agrobank tomonidan olib borilayotgan transformatsiya jarayonlari e’tirof etildi. Jumladan, bankni transformatsiya jarayonida xorijiy nufuzli kompaniyalar bilan birgalikda tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi, skoring modelining dastlabki bosqichi yo‘lga qo‘yilgan edi.
Bank faoliyatida transformatsiya hamda HR yo‘nalishidagi amaliy ishlari mazkur yo‘nalishda yuqori baholanib, “Eng yaxshi o‘quv markazi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi.
“Agrobank” ATB Matbuot xizmatiⓉ
Mavzuga oid
17:00 / 10.09.2025
«Agrobank»da kiberxavfsizlik masalalari bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi
20:01 / 29.08.2025
Sho‘rlangan yerlarda tomchilatib sug‘orish usuli qo‘llanishi mumkin
14:00 / 05.06.2025
Suv - hayot, suv - baraka. Endi esa - bilim manbai
19:21 / 10.06.2024