O‘zbekiston | 15:38 / 27.11.2022
7835
4 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekneftgaz”: “Ishchi guruh” a’zolari tomonidan Ustyurt regionidagi yangi maydonlarda uglevodorodlar zaxirasini oshirish hamda tabiiy gaz qazib chiqarilishi holati o‘rganildi

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi “Ishchi guruh” a’zolari tomonidan Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli yangi maydonlarda uglevodorodlar zaxirasini oshirish, konlarda tabiiy gaz qazib chiqarishni ko‘paytirish va texnologik obektlarni qurish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Foto: O‘zbekneftgaz

O‘rganish ishlarining ikkinchi kuni, Ustyurt regionida uglevodorodlar zaxirasini o‘stirish Dasturi doirasida olib borilayotgan burg‘ilash ishlarini nazorat qilish maqsadida, “Sharqiy Arslon” maydoni 1-sonli, “Quyi Sharqiy Berdaq” 4-sonli va “Quyi Shimoliy Berdaq” 4-sonli izlov qidiruv quduqlarida olib borilayotgan burg‘ilash ishlari bilan yaqindan tanishib chiqildi.

“Arslon” koni 30-sonli, “Sharqiy Berdaq” koni 86-sonli quduqlarda olib borilayotgan kapital ta’mirlash ishlari o‘rganildi hamda “Ishchi guruh” a’zolarining tashrifi davomida, “Shimoliy Berdaq” koni 35-sonli quduqda murakkab ta’mirlash ishlari yakunlanib, quduq o‘zlashtirildi.

Shundan so‘ng, “Quyi Sharqiy Berdaq” konidagi burg‘ilanayotgan 10, 12-sonli va “Sharqiy Berdaq” konidagi 97-sonli ishlatish quduqlaridagi burg‘ilash ishlarining borishi nazorat qilindi.

O‘rganishlar davomida quduqlarni burg‘ilash va ta’mirlash ishlarini olib borayotgan pudratchi tashkilotlar bilan mavjud muammoli masalalar muhokama qilinib, boshqarma va tegishli departament boshliqlariga ishlarni tezlashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Boshqarmadagi texnologik obektlarda, jumladan “Arslon” gazni kompleks tayyorlash qurilmasida 1 ta qo‘shimcha quvvati kuniga 3 mln. kub metr gazni kompleks tayyorlash vazifasini bajaruvchi texnologik tarmoqni qurish loyihasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlari ham joyidan ko‘rib chiqildi.

Hozirgi kunda yangi tarmoqdagi 6 ta texnologik apparatlar uchun temirbeton fundament quyish ishlari bajarilib, 3 ta apparatlar joyiga o‘rnatilgan.

Qurilish ishlarini nazorat qilish jarayonida, qolgan texnologik apparatlar, po‘lat quvurlar, quvur armaturalari va boshqa zarur material-texnik resurslarni yetkazib berish, qurilish ishlarini yanada jadallashtirish bo‘yicha pudratchi tashkilot vakillariga, mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

O‘z navbatida Boshqaruv raisi “Arslon” kompleksida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlarning yashash sharoitlarini shaxsan o‘rganib, ularning mehnat qilish va dam olishlari uchun yana qanday imkoniyatlar qilib berilishi bo‘yicha, ularning o‘zi bilan suhbatlashdi hamda korxona rahbarlariga har bir holat yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Bundan tashqari, Boshqaruv raisi ishchi-xodimlarning vaxta usuldagi ishlash jarayonlarida aholi yashash joylaridan olis cho‘l hududlarida faoliyat yuritishlarini inobatga olib, eng avvalo ularning zaruriyat bo‘lganda tibbiy yordam olishlari, transport vositalari bilan hamda aloqa o‘rnatish uchun yetarli vositalar bilan ta’minlanganlik holatlarini o‘rganib, eng avvalo ularning xohishlariga ko‘ra, bundan keyin ham barcha zarur qulayliklar yaratib borilishini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida Ustyurt boshqarmasi bo‘yicha 3 772,5 mln kub metr tabiiy gaz va 35,5 ming tonna gaz kondensati qazib olinib, gaz qazib chiqarish o‘tgan yilga nisbatan 121,7% ni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkichlarga erishish uchun 2022 yilning ortda qolgan davrida tabiiy gaz qazib chiqarish reja ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta’minlashga qaratilgan jami 49 ta geologo-texnik tadbirlar amalga oshirildi. Chora-tadbirlarning amalga oshirilishi hisobiga esa, qo‘shimcha 769,9 mln kub metr tabiiy gaz, 20,8 ming tonna gaz kondensati qazib chiqarildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati 

Mavzuga oid