O‘zbekiston | 11:11 / 28.11.2022
27778
7 daqiqa o‘qiladi

Nukusdagi tartibsizliklar bo‘yicha sud boshlandi

22 nafar sudlanuvchiga o‘ndan ortiq moddalar bo‘yicha ayblov e’lon qilingan.

Foto: Oliy sud matbuot xizmati

28 noyabr kuni Buxoro viloyati sudida Nukusda sodir bo‘lgan tartibsizliklarda qatnashganlikda gumonlangan 22 kishiga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqish boshlandi.

Ish birinchi instansiya sudi tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Ye. Abibullayev raisligida ko‘rilmoqda.

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra, quyidagi sudlanuvchilar ayblanmoqda:

Dauletmurat Tajimuratov (1979 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Yel xyzmetinde” advokatlik byurosi advokati, ilgari “Yel xyzmetinde” gazetasi bosh muharriri bo‘lib ishlagan) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi (ishtirokchilikda qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) 4-qismi, 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi, 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) 3-qismi va 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “a”, “b”, “g” bandlarida;

Lolagul Qallixanova (1989 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, "Makan" internet-nashri ma’muri) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi 4-qismi, 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “b”, “g” bandlarida;

Azamat Turdanov (1984 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Nukus olimpiya zaxiralari kolleji direktori) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi 4-qismi va 244-moddasi 3-qismida;

Axmet Smetullayev (1993 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Chimboy tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiysi) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi 4-qismi va 244-moddasi 3-qismida;

Dao‘letmurat Djiyemuratov (1984 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Qorao‘zak Sahib” MChJ direktori) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi 4-qismi va 244-moddasi 3-qismida;

Baxtiyar Kadirbergenov (1986 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, "Ayama" veb-sayti ma’muri, bloger) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandida;

Bayram Seytniyazov (1967 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida;

Allabay Toqimbetov (1973 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, norasmiy tarzda imomlik bilan shug‘ullangan) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;

Qaharman Seytimov (1972 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, tadbirkor) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;

Azamat Nuratdinov (1989 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Mo‘ynoq tumanidagi 9-maktab o‘qituvchisi, bloger) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida;

Seydabulla Medetov (1989 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qozoq, “Keleshek ushun” fermer xo‘jaligi rahbari) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida;

Nurlan Nayypov (1968 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qozoq, nafaqaxo‘r) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandida;

Polat Shamshetov (1977 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;

Razbek Bekmuratov (1992 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat universiteti o‘qituvchisi) Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “a” bandi, 244-moddasi 3-qismi va 247-moddasi (o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, o‘qotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash) 3-qismi “a” bandida;

Sultanbek Kaipov (1992 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz) Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a” bandida;

Berdax Genjyebayev (1996 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz) Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) 2-qismi “b” bandi, 244-moddasi 3-qismi va 227-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) 2-qismi “a” bandida;

Salamat Kalilayev (1976 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;

Polat Nurniyazov (1986 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Sada-Mars” MChJ ombor mudiri) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;

Saiypnazar Kalimov (1980 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, YaTMF bilan shug‘ullanadi) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;

Nurlan Sultamuratov (1998 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, yollanma ishchi) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;

Arislan Temirxanov (1986 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Ustyurt geofizika” korxonasi qo‘riqchisi) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;

Amirbek Adilbekov (1993 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, sug‘urta kompaniyasi mutaxassisi) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Sudlanuvchilarning, 20 nafariga nisbatan «qamoqqa olish», 1 nafariga «uy qamog‘i» va 1 nafariga «jamoa kafilligi» tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llangan.

Mavzuga oid