Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yerusti metro bekatlarining nomlari bo‘yicha takliflar ovozga qo‘yiladi
Toshkent yerusti metrosining 19 ta bekatiga qanday nom berish bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi o‘tkaziladi. Bugun, 29 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan ishchi guruh yig‘ilishida dastlabki takliflar shakllantirilgan va endilikda ular ovozga qo‘yiladi.
Keng jamoatchilik fikrini yig‘ish va ovozga qo‘yish maqsadida tez orada Toshkent shahar hokimligining maxsus veb-sahifasi ishga tushiriladi. Bu haqda Kun.uz'ga Transport vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar ustida ishlash maqsadida ishchi guruh tashkil qilingan bo‘lib, unda mazkur masalaga mas’ul bo‘lgan davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan bir qatorda, olimlar, tarixchilar, filologlar, o‘lkashunos, blogerlar, toponimika sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar taklif etilgan”, – deyiladi rasmiy izohda.
Vazirlik ishchi guruhning yig‘ilishida bekat nomlari bo‘yicha qanday takliflar ilgari surilgani haqidagi savolimizga javob bo‘lmadi. Yig‘ilishda qatnashgan filolog, bloger Eldor Asanov ham bu haqda yozgan postida taklif-nomlarni ochiqlamagan, “Ubaydullaxon” nomi qabul qilinmaganini bildirdi.
“Yaxshi to‘planib, yaxshi takliflar berildi. Ham tarixiy nomlar, ham bugungi toponimiya inobatga olindi. Jimjimador yoki siyosiy nomlar tanlanmadi. Tarixiy shaxslar ham yaxshi tanlandi. Lekin Ubaydullaxon o‘tmadi.
Umuman, yaxshi ishladik! Yaqinda nomlar e’lon qilinadi, toshkentliklardan birinchi o‘rinda maqtov, undan keyin taklif va e’tirozlar kutib qolamiz”, – deya yozdi Asanov o‘zining Telegram-sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, yerusti metropolitenining Do‘stlik–Qo‘yliq va Olmazor–Sergeli yo‘nalishlaridagi 19 ta bekati hozirda vaqtincha raqamlar bilan nomlangan.
Mavzuga oid
20:06
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026