Rossiya 2023 yilda 124 ming mehnat migrantini jalb qilmoqchi
Xorijliklar tog‘-kon sanoati, qurilish-montaj, yirik va kichik sanoat korxonalari, metallga ishlov berish va mashinasozlik sanoatiga taklif etiladi.
Rossiya 2023 yilda deyarli 124 ming xorijiy ishchini jalb qilishni rejalashtirmoqda. Rossiya hukumatining tegishli qarori payshanba kuni normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy internet portalida e’lon qilindi.
«2023 yil uchun Rossiya Federatsiyasiga viza asosida keladigan 123 943 nafar xorijiy ishchilarni jalb qilish zarurati belgilansin», — deyiladi hujjatda.
Qarorga ko‘ra, xorijliklarning eng ko‘pini quyidagi sohalarga jalb qilish rejalashtirilgan: 32 808 kishi tog‘-kon sanoati, kapital konchilik, qurilish-montaj ishlariga; 23 664 kishi yirik va kichik sanoat korxonalariga; 14 343 kishi metallga ishlov berish va mashinasozlik sanoatiga.
Malakasiz ishchi kuchiga ehtiyoj 7,2 mingdan ortiq kishini tashkil etadi.
2023 yilda Rossiyaga kirish uchun taklifnomalar va chet el fuqarolariga ishlash uchun ruxsatnomalar berish kvotasi ham 123 943 dona etib belgilandi.
Mavzuga oid
21:03 / 19.11.2024
Rossiyada dollar yil boshidan beri birinchi marta 100 rubldan oshdi
18:44 / 19.11.2024
Ukraina ATACMS raketalari bilan Rossiya hududiga birinchi zarbani berdi
16:48 / 19.11.2024
Rossiyada yadroviy portlashdan himoyalovchi mobil boshpanalarni seriyali ishlab chiqarish boshlandi
13:31 / 19.11.2024