O‘zbekiston | 10:42 / 02.12.2022
3162
2 daqiqa o‘qiladi

AKT sohasida ko‘krak nishoni va belgi ta’sis etildi

Hukumat qarori bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida “Mohir aloqachi” ko‘krak nishoni va “O‘z kasbi ustasi” belgisi ta’sis etildi.

“Mohir aloqachi” ko‘krak nishoni bilan – axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan hamda sohada kamida 15 yil mehnat stajiga ega fuqarolar, “O‘z kasbi ustasi” belgisi bilan – axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan muhandis, elektromontyor, kabelchi, pochtachi, antennachi-machtachi, operator, feldʼeger kabi ommaviy kasb egalari sohani rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun taqdirlanadi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi tashkilotlar ko‘krak nishoni hamda “O‘z kasbi ustasi” belgisi bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni har yili 1 aprelgacha vazirlikka taqdim etadi. Ko‘krak nishoni hamda “O‘z kasbi ustasi” belgisi har yili 7 may – aloqa sohasi xodimlari kasb bayrami arafasida topshiriladi.

Taqdirlanganlarga BHM to‘rt yarim baravari (1 mln 350 ming so‘m) miqdorida biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi. Mazkur ko‘krak nishoni va belgi bilan bir shaxs bir marta mukofotlanadi.

Mavzuga oid