Jahon | 17:08 / 03.12.2022
6313
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaliklarning atigi 23 foizi moliyaviy ahvolini yaxshi deb hisoblaydi

Faqat har beshinchi rossiyalik kelgusi yilda moliyaviy ahvoli yaxshilanishiga ishonadi.

Foto: AP

Rossiyaliklarning atigi 23 foizi moliyaviy ahvolini yaxshi deb hisoblaydi. 2 dekabr, juma kuni natijalari e’lon qilingan «Obshchestvennoye mneniye» jamg‘armasi so‘rovi shundan dalolat beradi.

«Obshchestvennoye mneniye» jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyaliklarning 56 foizi moliyaviy ahvolini o‘rtacha, 19 foizi yomon deb atagan. So‘rovda qatnashganlarning atigi yetti foizi so‘nggi ikki-uch oy ichida ularning moliyaviy ahvoli yaxshilanganini aytdi – bu 2022 yil avgust oyiga nisbatan ikki baravar ko‘p. Har to‘rtinchisi vaziyat yomonlashganini, 66 foizi esa o‘zgarmaganligini tan oldi. 

Rossiyaliklarning 21 foizi kelgusi yilda moliyaviy ahvoli yaxshilanishini taxmin qilmoqda, avgust oyida respondentlarning 25 foizi bunga ishongandi. 16 foizi bu borada vaziyat yomonlashishidan xavotirda, 38 foizi o‘zgarishlarni kutmayapti. «Obshchestvennoye mneniye» jamg‘armasi qayd etishicha, bu ko‘rsatkichlar oxirgi so‘rov davomida olingan natijalardan biroz yomonroq.

Uyma-uy yurib amalga oshirilgan so‘rov 19-29 noyabr kunlari Rossiyaning 53 ta sub’yektida o‘tkazildi, unda 1500 respondent ishtirok etdi. 

Bir kun avval Rosstat 2022 yilning uchinchi choragida Rossiyada daromadi yashash minimumidan (13 688 rubl) past bo‘lgan aholi soni 15,3 million kishigacha kamayganini, bu mamlakat aholisining 10,5 foizini tashkil qilgani haqida xabar bergan edi. 

Mavzuga oid