Akademik Abdumavlon Abdullayev vafot etdi

Foto: Fanlar akademiyasi matbuot xizmati
Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi sohasida dunyoga tanilgan olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Abdumavlon Abdullayev 2022 yil 8 dekabr kuni 92 yoshida vafot etdi.
Abdumavlon Abdullayev 1930 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti bosh ilmiy xodimi lavozimida ishlab kelgan.
U 1961 yilda nomzodlik, 1972 yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1979 yilda O‘zR FA muxbir a’zosi etib saylangan.
1980 yilda «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi» unvoni bilan taqdirlangan. 1984 yilda esa «Genetika» sohasi bo‘yicha professor unvoni berilgan. 1995 yilda u «Molekulyar genetika» sohasi bo‘yicha O‘zR FA akademigi etib saylangan.
Akademik A.Abdullayev asosiy ilmiy yo‘nalishi g‘o‘za genetikasi, sistematikasi, evolyutsiyasi va filogeniyasi kabi fundamental muammolarini o‘rganishga qaratilgan.
Shu bilan birga, jahondagi eng boy kolleksiyalaridan biri — g‘o‘za genofondining yaratilishida, uni yangi namunalar bilan to‘ldirishda A.Abdullayevning hissasi beqiyos.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Virgin Galactic kosmosga parvozlar narxini oshiradi
Fan-texnika | 01:39
-
Ukraina uchinchi F-16 qiruvchi samolyotidan ayrildi
Jahon | 00:06
-
16 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:31 / 16.05.2025
-
Qo‘qonda ammiak bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi
O‘zbekiston | 22:26 / 16.05.2025
Mavzuga oid

01:09 / 08.04.2025
Biotexnologik startap 10 ming yil oldin qirilib ketgan dahshatli bo‘rilarni «qayta yaratdi»

00:10 / 23.03.2025
Olimlar nima uchun odamlarda erta bolalik xotiralari yo‘qligini tushuntirdi

15:22 / 19.07.2024
O‘zbekiston 2024 yilgi Xalqaro biologiya olimpiadasidan chetlatildi

19:59 / 04.07.2023