Qozoğistonning Ostona şahrida 7-14 iyul kunlari ötkazilgan Xalqaro biologiya olimpiadasidan Özbekiston jamoasi çetlaştirilgani ma’lum böldi.
Bunga Jizzax davlat pedagogika universiteti qoşidagi akademik litsey öqituvçisining öquvçiga yordam bergani sabab bölgan. Oqibatda IBO boşqaruv kengaşining qarori bilan butun jamoa natijalari bekor qilinib, özbek delegatsiyasi olimpiadadan çetlaştirilgan (Özbekiston jamoasidan 4 nafar yigit-qiz iştirok etayotgandi).
Voqea ortidan Özbekiston IBÖga a’zo davlatlar röyxatidan ham çiqarib yuborilgan bölişi mumkin. Boisi Xalqaro biologiya olimpiadasining rasmiy saytidagi a’zolar xaritasida Özbekiston nomi söroq ostida qoldirilgan.
Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi “keyingi yilda Özbekiston jamoasining olimpiadada iştiroki masalasi hali aniq belgilanmagan” deya izoh berdi.
Ta’kidlanişiça, bu böyiça aniq qaror 2025 yilgi olimpiadaga taklifnoma jönatiş jarayonida ma’lum böladi.
“Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tomonidan öquvçilarimizning nufuzli xalqaro olimpiadalardagi iştirokini ta’minlaş maqsadida tegişli işlar olib borilmoqda”, — deyiladi vazirlik izohida.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Xalqaro biologiya olimpiadasida 1997 yildan beri qatnaşib keladi. Bu yilgi olimpiadada 80dan ortiq mamlakatdan 320 nafardan ziyod öquvçilar qatnaşişi ma’lum qilingandi.












