Colossal Biosciences biotexnologik startapi Şimoliy Amerikada yaşagan va bundan 10 ming yil oldin yöqolib ketgan dahşatli börini (Aenocyon dirus) «qayta yaratişga» muvaffaq bölganini e’lon qildi, deb yozmoqda Time.
Qayd etilişiça, biotexnologik kompaniya dahşatli börining Amerika muzeylarida saqlanayotgan toş qotgan bölaklaridan DNK ajratib olişga muvaffaq bölgan. Şundan keyin olimlar Canis lupus kulrang böri genomida bir neçta mutatsiyani amal oşirgan: uning vazn va ölçami kattalaşgan, tişlari va jaği yiriklaşgan, yunglari oqargan.
Kompaniya press-reliziga köra, tadqiqotçilar zamonaviy börining 14 ta genomiga 20 ta özgartiriş kiritgan. Olingan hujayralar itlarning tuxum hujayrasiga joylaştirilgan. Şuningdek, itlar surrogat ona vazifasini bajargan.
Colossal Biosciences’ning ta’kidlaşiça, tuğilgan kuçuklar qirilib ketgan dahşatli börining aniq nusxasi emas — ular börining ba’zi xususiyatlariga ega. Kompaniya tajriba tafsilotlarini keltirmagan, tadqiqot hozirça biror-bir ilmiy jurnalda çop etilmagan.
Tajriba natijasida uçta soğlom kuçuk tuğilgan — ularga Rimning afsonaviy asosçilari Romul va Rem, urğoçi kuçukka esa «Taxtlar öyini» qahramoni Khalisi laqabi berilgan.
Time’ning qayd etişiça, qirilib ketgan turlarni qayta yaratiş murakkab etik masalalarni yuzaga keltiradi. Şu bilan birga, Romul, Rem va Khalisining tuğilişida foydalanilgan texnologiya yöqolib ketiş xavfi ostida turgan ayrim turlarni saqlab qolişga yordam berişi mumkin.









