Jahon | 09:25 / 08.12.2022
5473
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa komissiyasi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini taqdim etdi

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Rossiyaga qarshi sanksiyalarning to‘qqizinchi paketida «Rossiyaning har qanday turdagi dronlardan foydalanishini butunlay to‘xtatishni», ya’ni nafaqat Rossiyaga uchuvchisiz uchoqlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib berishni, balki ularni Rossiya armiyasiga yetkazib beradigan, xususan Eron kabi mamlakatlarga ham taqiqlashni taklif qildi.

Foto: AP

Bundan tashqari, ikki maqsadli tovarlarga nisbatan cheklovlar kengaytiriladi, «jumladan, bir qator kimyoviy moddalar, jumladan, asab preparatlari, elektronika, butlovchi qismlar va Rossiya harbiy-sanoat kompleksi foydalanishi mumkin bo‘lgan barcha narsalarga», dedi u.

Rossiya Federatsiyasining tog‘-kon sanoati, uchta bank va to‘rtta telekanal ham sanksiyalar ostida qoladi. Deyarli 200 rossiyalik qora ro‘yxatga kiritiladi.

Avvalroq Kanada rasmiylari Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi urushda foydalanilayotgan Eronning Shahed-136 uchuvchisiz uchish apparatlarida Kanadada ishlab chiqarilgan komponentlar qanday paydo bo‘lib qolganini tekshirayotgani xabar berilgandi. Bu haqda Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo ma’lum qildi.

Kiyevda joylashgan StateWatch nodavlat tashkilotining xabar berishicha, Eronning Shahed-136 UUAsida g‘arb firmalariga tegishli 30 dan ortiq komponentlar topilgan. Kiyev ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya bu qurilmalardan «Geran-2» nomi ostida foydalanmoqda.

StateWatch ma’lumotlariga ko‘ra, Shahed-136'ning ichki qismi – Eronda ishlab chiqarilgan dvigateldan tashqari – butunlay xorijiy komponentlardan iborat. 

Ukraina razvedkasi ishlanmalari dronlarda qo‘llangan 30 dan ortiq Yevropa va Amerika kompaniyalari ishlanmalarini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Tarkibiy qismlarning aksariyati - Amerikada ishlab chiqarilgan. Servouzatma - Amerikaning HITEC RCD USA kompaniyasiniki, quvvat elementlari - Yaponiyaning Panasonic Corporation'niki, keramik antenna - Kanadaning Tallysman Wireless'niki. Boshqaruv paneli yapon va amerika qismlaridan yig‘ilgan. Quvvat platasi - nemis va xitoy elementlaridan tayyorlangan. Boshqaruv bloki - Rossiyaning "Zapadpribor" kompaniyasiga tegishli, deb ma’lum qildi StateWatch.

Mavzuga oid