Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda xonadonlardan birida portlash sodir bo‘ldi
Termiz shahridagi xonadon oshxonasida tabiiy gaz sizib chiqqan va portlagan. Oqibatda xonadon egasi 40-45 foiz kuyish tan jarohati olgan.
Termiz shahri O‘zbekiston mahallasida yashovchi fuqaroning yashash uyi oshxonasida tabiiy gaz va havo aralashmasining chaqnashi portlashga sabab bo‘lgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, hodisa bugun, 2022 yil 10 dekabr kuni soat 06:40 larda sodir bo‘lgan.
Oqibatda 57 yoshli fuqaroning butun tana yuzasi 3-4-darajali, 40-45 foiz kuygan va u respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Termiz filialiga yotqizilgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, xonadonga o‘rnatilgan gaz hisoblagich qarz tufayli o‘chgach, fuqaro o‘zboshimchalik bilan undagi filtr qismini yechib olgan. So‘ng qo‘lbola usulda tayyorlangan rezina shlangni noqonuniy ulab foydalangan. Oqibatida xonaga gaz sizib chiqqan va bu portlashga sabab bo‘lgan.
Voqea joyiga 2 ta yong‘in qutqaruv ekipajlari jalb etilgan va portlash oqibatlari bartaraf etilgan.
Mavzuga oid
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
12:24 / 10.06.2026
Balashixada yana bir general o‘ldirildi
09:11 / 10.06.2026
Dog‘istonda magistral gaz quvurida portlashlar yuz berdi
22:09 / 08.06.2026