Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Van Gal Niderlandiyadan iste’foga chiqishini e’lon qildi
JCh-2022 chorakfinali doirasidagi Niderlandiya – Argentina (2:2, penaltilar seriyasi – 3:4) o‘yinidan keyin turnir bilan xayrlashgan niderlandiyaliklar bosh murabbiyi Lui van Gal iste’foga chiqishini ma’lum qildi.
«Bosh murabbiy sifatida faoliyatimni davom ettirmayman. Men Niderlandiya bosh murabbiyi sifatida faqatgina JCh-2022da ishlashga rozi bo‘lgandim. Shunday ekan, bu mening so‘nggi uchrashuvimga aylandi.
Bu safar ham milliy jamoadagi davrimni ajoyib o‘tkazdim. Mana shunday alamli mag‘lub bo‘lmaslik uchun bor imkoniyatni ishga solganimdan keyin ham turnirni bu tarzda tark etish juda og‘riqli», - deydi 71 yoshli murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, van Gal murabbiylik faoliyati davomida 3-marta Niderlandiya milliy jamoasini tark etdi. U dastlab 2000-2001, keyin 2012-2014, so‘nggi marta esa 2021-2022 yillar davomida «lolaranglilar» bosh murabbiyi sifatida ishladi.
Avvalroq, Braziliya bosh murabbiyi Tite ham Xorvatiya bilan mag‘lubiyatli o‘yindan keyin iste’foga chiqarilgandi.
Mavzuga oid
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
22:32 / 09.06.2026
Niderlandiya bilan o‘yin ishonch berdi: O‘zbekiston JChga tayyor ekan!
19:11 / 08.06.2026
O‘zbekiston va Niderlandiya milliy jamoalari bir kunda ikkita o‘yin o‘tkazadi
17:17 / 07.06.2026