Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirishkorda bog‘cha mudirasi tayinlanishi janjalga aylanib ketdi
Foto: Videodan kadr
Qashqadaryodagi bog‘chalardan birida o‘zaro janjal sabab mudiraning hushidan ketgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Qashqadaryo IIB rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, shu yil 10 dekabr kuni soat taxminan 10:20 larda Mirishkor tumani “Yangi ariq” MFYda joylashgan 12-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tuman hokimligi tomonidan bog‘chaga direktor (mudira) tayinlash uchun yig‘ilish bo‘lib o‘tishi belgilangan.
O‘sha kuni 12-bog‘chaga “Jyeynov” MFYda yashovchi fuqarolar ham kelgan. Shunda bog‘chaning sobiq direktori A.Sh.ning qon bosimi ko‘tarilib ketib, sog‘ligi yomonlashgan.
“Ushbu jarayonda o‘rtadagi tushunmovchilik sabab fuqaro A.N. A.U.ni itarib, yiqitib yuborgan. Holat bo‘yicha xabar shu yil 10 dekabr kuni Mirishkor tuman IIB navbatchilik qismida qayd etilgan.
Hozirda Mirishkor tuman IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, – deyiladi rasmiy izohda.
Kun.uz dastlab qanday tushunmovchilik yuzaga kelgani, fuqaro A.N. A.U.ni nima sabab itarib yiqitgani, sobiq mudira nima uchun hushidan ketib qolgani bo‘yicha ma’lumotni olish maqsadida Qashqadaryo IIB axborot xizmati xodimi Javlon Baxtiyev bilan bog‘landi. Ammo bu bo‘yicha surishtiruv o‘tmasidan oldin ma’lumotlar berilmasligi aytildi.
Bu holat bo‘yicha ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra sobiq mudiraning o‘g‘li va qizi bog‘cha mudiraligiga yangi nomzodni ota-onalar ko‘z o‘ngida shu ahvolga solganini yozishmoqda.
Mavzuga oid
12:05 / 10.01.2026
Buxoroda bir guruh voyaga yetmaganlar ishtirokidagi janjal holati o‘rganilmoqda
12:56 / 01.12.2025
Bektemir–Chorbog‘ yo‘lidagi janjal: yuk mashinasi haydovchisiga otvyortka bilan tahdid qilindi
09:46 / 15.11.2025
Sirdaryoda shifoxonada rashk tufayli janjal chiqargan shaxs 15 sutkaga qamaldi
19:46 / 02.11.2025