Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya rossiyalik 12 nafar yuqori lavozimli harbiyga qarshi sanksiya qo‘lladi
Canksiyalar Ukraina fuqarolik infratuzilmasiga berilgan zarbalar bilan bog‘liq.
Britaniya hukumati Rossiya Qurolli Kuchlarining yuqori martabali qo‘mondonligi va qo‘mondonlik shtabidan o‘n ikki kishini Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shdi. Britaniya Tashqi ishlar vazirligining tegishli bayonotida aytilishicha, sanksiyalar Ukraina fuqarolik infratuzilmasiga berilgan zarbalar bilan bog‘liq.
Buyuk Britaniya sanksiyalari qo‘llanganlar orasida havo-desant kuchlari qo‘mondoni Mixail Teplinskiy, strategik raketa qo‘shinlari qo‘mondoni Sergey Karakayev, Rossiya Mudofaa vazirligi raketa va artilleriya bosh boshqarmasi boshlig‘i Nikolay Parshin, raketa qo‘shinlari boshlig‘i Mixail Matveyevskiy bor.
Bundan tashqari, ro‘yxatga Mudofaa vazirligining Bosh hisoblash markazi boshlig‘i general-mayor Robert Baranov ham kiritilgan. Avvalroq, bu markazda yuqori aniqlikdagi raketalar uchun parvoz missiyalarini tuzadigan maxfiy qism borligi, unda 30 nafar harbiy muhandis ishlayotgani, ularning aksariyati axborot texnologiyalari va kompyuter o‘yinlarini ishlab chiqish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan yosh ayollar va erkaklar ekani aniqlangan edi. Ushbu qism Ukrainaga raketa zarbalarini berish jarayoniga aloqadorligi ma’lum bo‘lgan.
Bundan tashqari, Britaniya dronlarni Rossiyaga yetkazib beruvchi Eronning MADO konserni, uning bosh direktori va bunga hissa qo‘shgan Eron rasmiylariga nisbatan ham sanksiyalar joriy etdi. Sanksiyalar sayohatni taqiqlash va aktivlarni muzlatishdan iborat.
Mavzuga oid
18:06
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
10:30 / 16.06.2026
BBC va FT: Starmer bilan bog‘liq yong‘inlar ortida Rossiya izi bo‘lishi mumkin
23:06 / 15.06.2026
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
19:31 / 14.06.2026