Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 11:19 / 13.12.2022
7834
1 daqiqa o‘qiladi
Reklamada ota-onalar va tarbiyachilarni obro‘sizlantirish taqiqlanadi
Reklamada ota-onalar va tarbiyachilarni obro‘sizlantirish mumkin emas. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali yozmoqda.
Voyaga yetmaganlarni ular ishonchini va tajribasi yetishmasligini suiiste’mol qilishlardan himoya etish maqsadida reklamada quyidagilar taqiqlanadi:
- voyaga yetmaganlarning iste’mol qilishi taqiqlangan tovarlarni iste’mol qilayotgan yoki ulardan foydalanayotgan voyaga yetmaganlar tasvirlaridan foydalanish;
- xavfli vaziyatlarda, ular hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi xatti-harakatlarni sodir etishga, o‘z sog‘ligiga zarar yetkazishga undovchi vaziyatlarda voyaga yetmaganlarni namoyish etishdan foydalanish;
- voyaga yetmaganlarni tovarlarni olishga da’vat qilish yoki reklama qilinayotgan tovarlarni olishni iltimos qilib uchinchi shaxslarga murojaat etishga undash;
- haqiqiy yoki o‘yinchoq quroldan foydalanish;
- ota-onalar va tarbiyachilarni obro‘sizlantirish, voyaga yetmaganlar ularga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazish;
- voyaga yetmaganlar olishi yoki iste’mol qilishi taqiqlangan tovarlarni voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan telekanallarda, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarda reklama qilish.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
20:05 / 13.03.2026
Rossiyada Telegram'da reklama joylashtirish noqonuniy deb ataldi
11:02 / 21.01.2026