Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Respublikachilar Trampdan ko‘ra DeSantis nomzodini prezidentlikka yoqlamoqda
Partiya a’zolari orasida o‘tkazilgan so‘rov shu natijani bergan.
USA TODAY/Saffolk universiteti so‘roviga ko‘ra, Respublikachilar partiyasining aksariyat tarafdorlari 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan saylovda AQSh prezidenti lavozimiga sobiq prezident Donald Trampni emas, balki Florida gubernatori Ron DeSantisni nomzod sifatida ko‘rishni xohlaydi.
So‘rov natijalariga ko‘ra, Respublikachilar partiyasi tarafdorlari va unga moyil bo‘lganlarning 56 foizi DeSantisni o‘z nomzodi sifatida ko‘rishni istamoqda, atigi 33 foizi Trampni qo‘llab-quvvatlayapti.
Shu bilan birga, respondentlarning 61 foizi Tramp siyosatini davom ettiradigan nomzodni ko‘rishni, bor-yo‘g‘i 31 foizi esa sobiq prezident hokimiyatga qaytishini istayotganini aytgan.
Shuningdek, Trampni Respublikachilar partiyasi tomonidan ma’qullanish reytingi 64 foizga tushgan, Kongress saylovlaridan oldin bu ko‘rsatkich 75 foiz edi.
Noyabr oyidagi oraliq saylovlardan so‘ng, Respublikachilar partiyasidagi ko‘pchilik Trampdan yuz o‘girgani va hozirda DeSantisni prezidentlikka eng yaxshi nomzod deb bilishini AQSh matbuoti yozdi. Tramp tomonidan qo‘llab-quvvatlangan AQSh Senati va Vakillar palatasiga nomzodlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi, DeSantis esa katta g‘alaba qozondi va gubernatorlikka qayta saylandi.
So‘rovda ro‘yxatga olingan 1000 nafar saylovchi ishtirok etgan va 7-11 dekabr kunlari o‘tkazildi.
Mavzuga oid
18:11
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
09:02
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026