Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanistonda Ozarboyjon va Turkiya bilan uchtomonlama sammit bo‘lib o‘tmoqda
Foto: TRT
Ushbu sammitga Anqaradan jo‘nashidan avval Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an «Turkmaniston neftini Kaspiy dengizi orqali Turkiyagacha keltirish eng katta istagi ekani»ni jurnalistlar qarshisida aytgan.
Kaspiy dengizi sohilida joylashgan Avaza turistik zonasida o‘tayotgan sammitda Erdo‘g‘an Turkiya turkiy tilli davlatlar bilan aloqalarni, jumladan Turkiy davlatlar tashkilot maydonlaridan foydalanib rivojlantirishga katta ahamiyat qaratishini ta’kidlagan.
Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkmanistonning Turkiy davlatlar tashkilotiga imkon qadar tezroq va to‘laqonli a’zo bo‘lishi TDT uchun yangi kuch manbai bo‘lishini ta’kidlab o‘tgan. Ayni paytda Turkmaniston TDTda kuzatuvchi davlat maqomida ishtirok etmoqda.
«Aminmanki, Anqara, Boku va Ashxobodning birodarlik aloqalari mamlakatlarimizning strategik imkoniyatlari asosida yanada kuchayadi. Bizning maqsadimiz — maksimal tarzda mintaqaviy barqarorlikni mo‘ljal qilib, global va mintaqaviy jarayonlardan xalqimiz farovonligi yo‘lida foydalanishdir», — degan Erdo‘g‘an Anqara Ozarboyjon va Turkmanistonning yutuqlaridan faxrlanishini qo‘shimcha qilar ekan.
Mavzuga oid
22:48 / 15.02.2026
Qirg‘iziston ortidan Turkmanistonda ham milliy xavfsizlik rahbari almashtirildi
14:05 / 12.02.2026
Yadroviy kelishuv va strategik sheriklik bitimi – Vensning Kavkazga tashrifi tafsilotlari
14:08 / 11.02.2026
Aliyev va Vens strategik sheriklik to‘g‘risidagi xartiyani imzoladi
22:04 / 05.02.2026