Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada qo‘poruvchilik uchun umrbod qamoq jazosi berilishi mumkin
Qo‘poruvchilik faoliyati uchun jinoiy jazo to‘g‘risidagi qonun loyihasi Davlat dumasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi. Qo‘poruvchilik harakatlariga aloqador deb topilgan fuqarolarning hisoblarini bloklash to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar kiritish ham birinchi o‘qishda ma’qullandi.
Rossiya Davlat dumasi birinchi o‘qishda qo‘poruvchilik uchun umrbod qamoq jazosi to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi. «Qonun loyihasiga ko‘ra, qo‘poruvchilik faoliyatini qo‘zg‘atganlik, yollash yoki boshqa yo‘l bilan amalga oshirish, shuningdek, qo‘poruvchilikni moliyalash uchun umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Qonun loyihasi qabul qilingan taqdirda, qo‘poruvchilik faoliyatiga tayyorgarlikdan o‘tganlar uchun ham xuddi shunday jazo nazarda tutilgan», deyiladi 14 dekabr, chorshanba kuni Rossiya parlamenti quyi palatasi saytidagi xabarda.
Qo‘poruvchilik guruhini yaratish uchun ham umrbod qamoq jazosi nazarda tutilgan. Ishtirok etganlik uchun 10 yilgacha, «diversiya sodir etishdagi sheriklik» uchun esa 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilanishi mumkin.
Davlat dumasi, shuningdek, birinchi o‘qishda «jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish» faoliyati to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlarni qabul qildi, unga ko‘ra sud tomonidan diversiya faoliyati yoki uni moliyalashtirishda ishtirok etgan deb tan olingan fuqarolar va tashkilotlarning hisoblarini bloklash taklif etilyapti. Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin «Rossiya va fuqarolarni terrorchilik va diversiya tahdidlaridan himoya qilishga qaratilgan» qonun loyihalarini Ukrainaga qarshi urush va qochqinlarni qabul qilish fonida prinsipial muhim qadam deb atadi.
Mavzuga oid
19:54 / 22.12.2025
Ukraina razvedkasi Lipetskda ikki qiruvchi yoqib yuborilganini ma’lum qildi
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025