O‘zbekiston | 14:23 / 18.12.2022
14450
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident kelayotgan haftada parlamentga murojaat qilishi kutilmoqda

Foto: Kun.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi seshanba kuni — 20 dekabrda bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda jurnalist, siyosiy sharhlovchi Xayrulla Nuritdinov «Menimcha» ko‘rsatuvining navbatdagi sonida aytib o‘tdi.

«Mamlakat taraqqiyotining eng muhim, ustuvor vazifalari e’lon qilinadigan yillik murojaatnoma seshanba kuni bo‘lishi kutilmoqda. O‘sha kuni bizni juda ko‘p yangilik kutmoqda, menimcha», dedi jurnalist.

Shavkat Mirziyoyev ilk bor 2017 yil 22 dekabrida parlamentga murojaat qilgandi.

Odatda jonli efirda namoyish etiladigan bunday murojaatlarda mamlakat rahbari yakunlanayotgan yilni sarhisob qilib, kelgusi yil uchun qator tashabbuslarni belgilab beradi.

Davlat rahbarining parlamentga murojaati oxirgi bor 2020 yil 29 dekabrida bo‘lgandi. O‘shanda davlat rahbari 2021 yil nomini ma’lum qilib, mamlakatni yanada rivojlantirishga qaratilgan eng muhim vazifalar, ichki va tashqi siyosatga doir ustuvor yo‘nalishlarni belgilab bergandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid