O‘zbekiston | 10:35 / 20.12.2022
8245
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston O‘zbekistonga mango sotish bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqdi

10 oyda 70 tonna mango import qilingan.

Foto: 123rf.com

2022 yil yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonga 70 tonna mango import qilingan. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mango importi hajmi o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda 32 tonnaga kamaygan.

2022 yil 10 oyida O‘zbekiston eng ko‘p mango import qilgan davlatlar orasida Qozog‘iston birinchi o‘rinni egallab turibdi – 22,2 tonna.

Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 16,3 tonna hamda 7,6 tonna mango olib kelingan Braziliya va Xitoy joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:

  • Tailand – 7,5 tonna;
  • Rossiya – 5,7 tonna;
  • Peru – 3,9 tonna;
  • Turkiya – 3,8 tonna.

Mavzuga oid