Jahon | 19:48 / 21.12.2022
12345
2 daqiqa o‘qiladi

Putin qo‘shinlarni tayyorlashda NATO tajribasini o‘rganish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Rossiya prezidenti NATO davlatlarining tajribasi va taktikasini tahlil qilishga chaqirdi.

Foto: RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mudofaa vazirligi va Qurolli kuchlari Bosh shtabiga NATO davlatlarining tajribasi va taktikasini tahlil qilish, ularni qo‘shinlarni tayyorlash va armiyani jihozlash dasturiga kiritish bo‘yicha topshiriq berdi.

«NATO kuchlari, maxsus harbiy operatsiya davomida bizga qarshilik ko‘rsatish uchun faol qo‘llaniladigan vositalar haqidagi ma’lumotlar bizga ma’lum. Ularning barchasini sinchiklab tahlil qilish va Qurolli kuchlarimizni rivojlantirishda, maxsus xizmatlarning jangovar salohiyatini oshirishda ulardan foydalanish kerak», dedi Putin.

Rossiya prezidenti so‘zlariga ko‘ra, qurolli kuchlar «maxsus operatsiya» davomida katta jangovar tajribaga ega bo‘lgan.

«Mudofaa vazirligi va Bosh shtabning vazifasi tajribani sinchiklab tahlil qilish, imkon qadar tezroq tizimlashtirish, uni shaxsiy tarkibni tayyorlash, umuman qo‘shinlarni tayyorlash va qo‘shinlarni zarur jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha dastur va rejalarga kiritishdan iborat», dedi Putin.

Putin ta’kidlaganidek, «maxsus operatsiya» tajribasi, shuningdek, Rossiya qo‘shinlarining Suriyadagi amaliyotlari jangovar tayyorgarlikni, shu jumladan mashqlar va mashg‘ulotlarni jiddiy yaxshilash uchun asos bo‘lishi kerak.

Mavzuga oid