Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shoygu armiyadagi askarlar sonini bir yarim millionga yetkazishni taklif qildi
Ya’ni yana 350 ming kishini chaqirish talab etiladi.
RF qurolli kuchlaridagi harbiy xizmatchilar soni 1,5 million kishiga yetishi, jumladan shartnoma asosida xizmat qiluvchilar soni — 695 ming nafarni tashkil etishi lozim. Bu haqda RF mudofaa vazirligi kollegiyasida vazirlik rahbari Sergey Shoygu aytib o‘tdi. Uning hisoblashicha, bu «RF harbiy xavfsizligini ta’minlash vazifalarini hal qilishni kafolatlash uchun zarur».
Hozirda RF qurolli kuchlarida shtatdagi harbiylar soni prezident qarori bilan 2023 yil 1 yanvaridan 1 150 628 kishi bo‘lishi belgilab qo‘yilgan. Shu tariqa, armiyaga yana 350 ming atrofidagi kishini yuborish talab etiladi.
Shoygu armiya islohoti bo‘yicha boshqa qator takliflarni ham aytib o‘tdi. Xususan, vazir «Rossiya chegaralari yaqinida NATO tomonidan harbiy salohiyatni oshirish istagi borligini inobatga olgan holda» Rossiyaning shimoli-g‘arbiy qismida qurolli kuchlarning ikkita idoralararo strategik hududiy tuzilmalari — Moskva va Leningrad harbiy okruglarini yaratish va kuchaytirish zarurligini aytdi.
«Men qurolli kuchlarda keyingi tarkibiy o‘zgarishlar bo‘yicha bergan takliflaringizga qo‘shilaman. Kollegiyadagi muhokamalardan keyin sizdan hisobot berishingizni so‘rayman, biz bu haqda hali batafsil gaplashamiz», — deya javob qaytargan RF prezidenti Vladimir Putin vazirga.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026