Akademik litseylarga o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish tartibi e’lon qilindi

Oliy ta’lim vazirining “Akademik litseylarga o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish, o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlatish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i loyihasi e’lon qilindi.
Loyiha bo‘yicha akademik litseylarga o‘quvchilarni tanlab olish quyidagi bosqichlarda:
o‘quvchilarni tanlovlar, musobaqalar va ichki olimpiadalar o‘tkazish orqali seleksiya ishlarini amalga oshirish;
o‘quvchilarni akademik litseylarga qabul qilish bo‘yicha saralash imtihonlari test sinovlari bilan birgalikda dastlabki yozma imtihon asosida iqtidorli yoshlarni saralab olish ikki bosqichli tizimida amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.
2022 yildan boshlab barcha akademik litseylarga ikkinchi bosqich kirish test sinovlari Davlat test markazi tomonidan maxsus hududlarda o‘tkaziladi.
Shuningdek, akademik litsey o‘quvchilari:
a) doimiy yashash uchun boshqa hududga yoki mamlakatga chiqib ketganda; salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida) akademik ta’til olganda; sud qarori bilan ozodlikdan mahrum etilganda; vafot etgani sababli bo‘yicha o‘quv yili davomida;
b) o‘qishi boshqa akademik litseyga ko‘chirilishi munosabati bilan; o‘quvchi, uning ota-onasi yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar tashabbuslariga ko‘ra o‘z arizasiga muvofiq; o‘quvchi tomonidan o‘quv dasturi va o‘quv rejasi talablari bajarilmaganda (semestr yakuni bo‘yicha ikki yoki undan ortiq fanni “qoniqarsiz” bahoga o‘zlashtirgan, 72 soat sababsiz dars mashg‘ulotlarini qoldirgan) yoki tartib-qoidalarni qo‘pol ravishda buzganda esa o‘quv semestri tamom bo‘lganidan so‘ng o‘qishdan chetlatilishi qat’iy belgilab qo‘yildi.
Buyruq loyihasi bilan umumiy o‘rta maktab 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylarga o‘qishga qabul qilish tartibi takomillashadi, imtihon test sinovlari Davlat test markazi tomonidan adolatli, shaffof tarzda o‘tkaziladi. O‘quvchilar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash, o‘qishdan chetlatish tartibi qat’iy belgilab qo‘yiladi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina va AQSh foydali qazilmalar bo‘yicha shartnoma tuzish niyatida memorandum imzoladi
Jahon | 17:34
-
O‘zbekistonning Bahrayndagi birinchi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 17:32
-
Ucell mobil abonentlar soni bo‘yicha 10 millionlik marradan o‘tdi
O‘zbekiston | 16:59
-
Markaziy bank Telegram orqali tarqalayotgan firibgarlikdan ogohlantirdi
Jamiyat | 16:34
Mavzuga oid

09:40 / 17.04.2025
Toshkentda uch kishini o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

15:10 / 19.11.2024
Ayrim bitiruvchilarga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi

12:52 / 07.11.2024
O‘qish maqsadida chet elga ketgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi

10:44 / 28.09.2024