Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shifokorlar Rogozinning umurtqasidan snaryad parchasini olib tashlolmadi
Roskosmos sobiq rahbari bosib olingan Donetskdagi mehmonxona va restoranni o‘qqa tutish chog‘ida og‘ir yaralangan. U bilan birga «DXR»ning «bosh vaziri» Vitaliy Xotsenko ham jarohat oldi.
Shifokorlar egallab olingan Donetskda o‘qqa tutilishi natijasida og‘ir yaralangan Roskosmosning sobiq rahbari Dmitriy Rogozinning umurtqa pog‘onasidan mina parchasini ololmadi. «Rogozin yaralanganidan keyin o‘z ahvolini qoniqarli deb baholamoqda. Shifokorlar xulosasiga ko‘ra, umurtqa pog‘onasiga tushgan snaryad parchasini olib tashlash mumkin emas», - dedi uning yordamchisi 22 dekabr, payshanba kuni.
Noyabr oyidan beri Donbassdagi ayirmachilar bo‘linmalariga harbiy-texnik yordam ko‘rsatuvchi «Tsarskiye volki» harbiy maslahat guruhini boshqarib kelayotgan Rogozin bir kun avval o‘zining tug‘ilgan kunini nishonlagan Donetskdagi mehmonxona va restoran o‘qqa tutilishi oqibatida yaralangan edi. Rogozin o‘zining Telegram-kanalida otishma haqida gapirib berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tor doirada va tinch muhitdagi ishchi uchrashuv bo‘lgan. «Oxirgi bir necha oydan beri bu mehmonxonada yashayapmiz, sakkiz yildirki, dushman bu joyni hech qachon o‘qqa tutmagan. Kimdir ma’lumotni sizdirdi va taxminan 19:45 larda bir necha aniq zarbalar berildi, jumladan biz o‘tirgan joy o‘qqa tutildi. 120 yoki 155 mm kalibr bilan o‘qqa tutishdi. Qayerdan va kim buni qilganini tergov aniqlaydi», deb yozdi u.
Rogozin bilan birga «Donetsk xalq respublikasi» deb ataluvchi hudud «bosh vaziri» Vitaliy Xotsenko va o‘sha paytda restoranda bo‘lgan yana bir necha kishi yaralangan. Uning matbuot kotibiga ko‘ra, Xotsenkoning hayoti xavf ostida emas. Otishma joyida bo‘lgan Davlat dumasi deputati Aleksey Juravlev bir kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
13:35 / 05.02.2026
Rossiya qo‘shinlari Donetsk viloyatidagi bozorni o‘qqa tutdi
10:23 / 24.12.2025
Ukraina Donetsk viloyatidagi Seversk shahrini tark etganini tasdiqladi
14:07 / 09.12.2025
Donetskda AQSh fuqarosining o‘ldirilishi ishi bo‘yicha sud hukmi chiqarildi
21:34 / 12.06.2025