O‘zbekiston | 12:03 / 23.12.2022
9524
1 daqiqa o‘qiladi

Ayrim toifadagi ayollarga har yili haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi 

16 yoshga to‘lmagan nogiron bolasi bor ayollarga har yili 3 ish kunidan kam bo‘lmagan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

Foto: Shutterstock

16 yoshga to‘lmagan nogiron bolasi bor ota-onaning biriga haq to‘lagan holda oyiga qo‘shimcha bir dam olish kuni beriladi

16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onalardan biriga nogiron bola sanatoriyda davolangan barcha davri uchun unga yakka tartibda parvarish zarurligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosa mavjud bo‘lganda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi beriladi. 

16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolani parvarishlashda band bo‘lgan ona kasal bo‘lib, bolani parvarishlashga qurbi yetmay qolgan hollarda, parvarish bilan band bo‘lgan ishlayotgan boshqa oila a’zolari yoki qarindoshlariga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi beriladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid