Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Malayziya «Umra+» doirasida birgalikda ishlashni boshlaydi
O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasida Malayziya sayyohlik kompaniyalari va turoperatorlari uyushmasi (MATTA) vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Malayziya tomoni O‘zbekistonning sayyohlik yo‘nalishlarini ommalashtirish va «Samarqand – Yangi O‘zbekiston sayyohlik darvozasi» yangi brendini, madaniy turizm, ziyorat turizmi, etnoturizm, qish turizmi, «Umra+» va tadbirkorlik turizmi (MICE) turpaketlari doirasida birgalikda ishlashga tayyorligini bildirdi.
MATTA vakillari o‘zbek tomonini Johor-Bahru va Kuala-Lumpur shaharlarida bo‘lib o‘tadigan MATTA Fair 2023 turizm yarmarkalarida ishtirok etishga taklif qildi.
MATTA Fair mintaqadagi eng yirik va mashhur B2C (Business to Customer) savdo yarmarkasi bo‘lib, unda 1200 dan ortiq Malayziya sayyohlik kompaniyalari hamda 50 ga yaqin mehmonxona va kurort kompaniyalari ishtirok etadi. Tadbir ishi bilan har yili 100 mingga yaqin kishi tanishadi.
Davra suhbati yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan 2023 yil fevral oyida Malayziya sayyohlik kompaniyalari uchun tanishuv infoturi, ikki mamlakat sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida turpaketlarni ishlab chiqish va yanada diversifikatsiya qilish bo‘yicha B2B uchrashuvini tashkil etishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
12:05 / 30.06.2026
“Ular tirik, 2030 yilda ozod etilishi kutilyapti” - TIV Malayziyada o‘limga hukm qilingan uch o‘zbekistonlik haqida
12:58 / 27.06.2026
Malayziyaga sayohatga borgan uch o‘zbekistonlik "aybsiz aybdor" bo‘lib o‘limga hukm qilingandi - sobiq DXX xodimi
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
21:56 / 01.06.2026