O‘zbekiston | 12:52 / 23.12.2022
82080
2 daqiqa o‘qiladi

Rasul Kusherbayev deputatlik faoliyatini yakunlamoqda

U bunga majbur bo‘layotganini aytgan. Deputat spiker o‘rinbosari Ulug‘bek Inoyatov budjet loyihasi muhokamalarida so‘z bermaganini ta’kidlab, qonun muhokamasida qatnashmagani haqida yozgan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘z mandatini topshirmoqchi.

«Deputatlik faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Bunday ishlay olmas ekanman. Bunga majbur bo‘lganimdan afsusdaman.

Ishonch bildirgan, qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat! Rozing bo‘linglar! Nasib qilsa qolganini vaqt ko‘rsatadi. Alloh madadkor bo‘lsin!» - deb yozgan deputat telegram-kanalida.

Shuningdek, u tvitterdagi sahifasida Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Ulug‘bek Inoyatov unga budjet loyihasi muhokamalarida ochiqchasiga so‘z bermaganini ma’lum qilgan.

«Bu safargi budjet muhokamalarida ishtirok etmadim. Katta hajmdagi loyihani o‘qishga ham yetarli vaqt berilmadi. 1-o‘qishda yalpi majlisda so‘z so‘rasam, "zamspiker" Ulug‘bek Inoyatov ochiqchasiga so‘z bermadi. So‘ng majlisdan chiqib ketdim va kirmadim.

Deputatlarning og‘zini yopadigan "zamlar"ning boridan yo‘g‘i yaxshi», - deydi Kusherbayev.

Mavzuga oid