Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yaxshi isimayotgan uylarga resirkulyatsiya nasoslari o‘rnatilmoqda
Veolia Energy kompaniyasi Toshkentdagi ko‘p kvartirali uylarda resirkulyatsiya (aylanma) nasoslarni o‘rnatishga kirishdi. Nasoslar muammoli joylarda o‘rnatilib, isitish va issiq suv uzatilishini yaxshilaydi. Birinchi bosqichda 230 ta nasos o‘rnatilishi ma’lum qilindi.
Foto: Veolia Energy
Toshkent shahridagi issiqlik ta’minoti tizimini boshqaruvga olgan Veolia Energy kompaniyasi noyabr oyida Yangihayot tumani Do‘stlik-1 massivida markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilash bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirdi.
Kompaniya xabariga ko‘ra, pilot loyiha doirasida 7 ta ko‘p qavatli uyga resirkulyatsiya (aylanma) nasoslar o‘rnatilgan. Bu bosimni oshirish, issiq suv aylanishini optimallashtirish va natijada turar joy binolarida isitishni yaxshilash imkonini bergan.
“Nasoslar issiqlik ta’minotining umumiy balansini saqlashda o‘z samaradorligini ko‘rsatdi. Veolia Energy Tashkent 230ta ixcham resirkulyatsiya (aylanma) nasoslarini sotib olgan va ular tez orada muammoli joylarga o‘rnatiladi.
Muammoli lokatsiyalar “Termis Engineering” dasturiy ta’minoti yordamida tanlab olindi. Ushbu ilg‘or ko‘p funksiyali platforma dunyoning 500dan ortiq shaharlarida issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan qo‘llanadi.
Toshkent issiqlik tarmoqlarini raqamlashtirishdan so‘ng, “Termis Engineering” dasturi qo‘shimcha uskunalar o‘rnatish zarur bo‘lgan shaharning eng zaif hududlarini aniqladi. Hozir Chilonzor tumanidagi uchta 12 qavatli uylarda resirkulyatsion nasoslar o‘rnatilmoqda. Shuningdek, Yashnabod tumanidagi 4ta ko‘p qavatli uylarda ham shunday nasoslar o‘rnatilgan”, – deyiladi rasmiy axborotda.
Qo‘shimcha qilinishicha, Veolia 2023 yilda uskunalarni sotib olish va o‘rnatishda davom etadi. Bu yordamchi uskunalarning o‘rnatilishi amaldagi tariflarga ta’sir qilmaydi.
Mavzuga oid
10:13 / 28.03.2026
Kichik halqa yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi
12:07 / 27.03.2026
Toshkentda yangi sanoat zonalariga moratoriy joriy etiladi
11:36 / 25.03.2026
Nurafshon va Bektemirni bog‘lovchi tezyurar avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
14:51 / 24.03.2026