O‘zbekiston | 09:33 / 25.12.2022
22199
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada bank boshqaruvchisi pora bilan ushlandi

Foto: Videodan skrinshot

Aksiyadorlik tijorat banklaridan birining Qo‘qon filiali boshqaruvchisi mahalliy xususiy korxonaga ajratilgan kreditdan bo‘lgan 62 million so‘m qarzdorlikni so‘ndirib berish hamda ushbu qarzdorlik bo‘yicha qo‘yilgan taqiq bekor qilinishi uchun MIBga xat qilib berish evaziga fuqarodan 3500 dollar talab qiladi.

U mazkur mablag‘ni olgan vaqtida DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168- (firibgarlik) moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid