O‘zbekiston | 11:34 / 26.12.2022
3184
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda o‘sadigan lolalarning 24 turi Xalqaro qizil kitobga kiritilgan

O‘zbekistonda keng tarqalgan lolalarning 24 turi Xalqaro qizil kitobga kiritilgan, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Lola (Tulipa L.) turkumi vakillari Xitoy g‘arbiy qismidan tortib to sharqiy Yevropa hududlarigacha bo‘lgan zaminda o‘sadi. Markaziy  Osiyo ushbu o‘simlik tarqalish va bioxilmaxillik markazi hisoblanadi. Ayni paytda O‘zbekistonda lolalarning 33 turi mavjudligi aniqlangan.

Bildirilishicha, keyingi vaqtlarda respublikada ko‘pgina noyob o‘simliklar qatori lola turlariga ham antropogen (inson faoliyatiga oid) omillar salbiy oqibatlari o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmayapti. Buning yaqqol isboti sifatida 19 ta lola turlarini O‘zbekiston Qizil kitobiga (2019) kiritilgani va tadqiqot natijalariga ko‘ra, lola populyatsiyalari qisqarib borayotgani dalil bo‘la oladi. Qizil kitobga kiritilgan lolaning beshta turi esa umuman muhofaza qilinmaydigan hududlarda uchraydi.

Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston lolalarini muhofaza qilish bo‘yicha Buyuk Britaniya Kembridj universiteti va Kyu Qirollik Botanika bog‘i, Flora va Fauna xalqaro tashkiloti, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston Fanlar akademiyalari botanika va o‘simliklarni muhofaza qilishga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari ishtirokida ilmiy guruh tuzilgan. Guruhda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti olimlari ham bor. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid