Rossiyaning Engels shahridagi harbiy aerodromida yana portlashlar yuz berdi
5 dekabrda ham bu yerda portlash sodir bo‘lgandi.
Uzoq masofaga uchuvchi strategik aviatsiya qismlari joylashgan Engels shahridagi (Saratov viloyati) aerodrom yaqinida yana portlashlar sodir bo‘lgan. Bu haqda Rossiya ommaviy axborot vositalari mahalliy nashrlarga tayanib xabar bermoqda.
Rossiya qo‘shinlari bu aerodrom orqali Ukrainani uzoq masofadan turib qanotli raketalar bilan bombardimon qilib kelgan.
Rossiyaning mashhur “Baza” Telegram-kanaliga joylashtirilgan videoda sirena tovushlari ham eshitilgan. Shuningdek, uch kishi halok bo‘lgani va yana to‘rt kishi jarohat olib, kasalxonaga yuborilgani aytilgan.
Tarmoqlarda tarqalgan portlash videoga yozilgan sharhlarda guvohlar ikki marta portlash yuz berganini aytgan.
Rasmiylar ham portlash haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Saratov oblasti gubernatori Roman Busargin o‘zining Telegram-kanalida post joylashtirdi, unda aytilishicha, harbiy obektdagi voqeaga oid ma’lumotlar huquq-tartibot organlari tomonidan tekshirilmoqda.
Gubernatorning yozishicha, shaharning aholi yashash joylarida hech qanday favqulodda vaziyatlar ro‘y bermagan, fuqarolik infratuzilmasi shikastlanmagan. Uning alohida ta’kidlashicha, aholi shahardan evakuatsiya qilingani haqidagi barcha xabarlar mamlakat chegaralaridan tashqarida yaratilgan ochiqcha yolg‘on.
Rossiya mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, aerodromga uchib kelayotgan Ukraina droni urib tushirilgan va dron qoldiqlari qulashi sabab uch rossiyalik harbiy halok bo‘lgan.
Dron havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgan, aviatsiya texnikasiga hech qanday zarar yetkazilmagan, deya qo‘shimcha qilgan vazirlik.
Ukraina tomonidan nazorat qilinuvchi eng yaqin hududdan taxminan 700 km uzoqlikda joylashgan Engels aerodromi 5 dekabr kuni ham Ukraina Qurolli kuchlari hujumiga uchragan edi. Keyinroq, Rossiya Mudofaa vazirligi ushbu zarba dronlar yordamida amalga oshirilganini ma’lum qildi. Bu xabar ko‘pchilik tomonidan shubha ostiga olindi. Ukraina rasmiylari, odatdagidek, rus qo‘shinlarining orqa qismidagi diversiyada o‘zlarining to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirokini tan olmadi.
Rossiya Mudofaa vazirligi ushbu portlash oqibatida uch kishi halok bo‘lgani va to‘rt kishi jarohat olganini ma’lum qilgan edi.
Dekabr oyi o‘rtalarida jurnalist Pyotr Kozlov Substack va ingliz tilidagi «Moscow Times» gazetasiga o‘z manbalariga tayanib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning chuqur ichki hududlariga berilgan zarbalardan so‘ng o‘zining yillik katta matbuot anjumanini bekor qilganini aytdi. Rossiya prezidenti harbiylardan ushbu tadbir paytida ham shunday zarba berilmasligi bo‘yicha kafolat ololmagan va tadbirni o‘tkazmaslikka qaror qilgan.
Mavzuga oid
11:08 / 10.12.2024
2015 yildan beri Suriyada 540 nafardan ortiq Rossiya harbiysi halok bo‘ldi
21:19 / 09.12.2024
Ukraina rasmiylari Telegram ilovasidan foydalanishni kamaytirdi – OAV
18:06 / 09.12.2024
«Men va Putin» - Turkiya prezidenti dunyoda faqat ikki yetakchi qolganini aytdi
16:51 / 09.12.2024