Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Termiz xalqaro aeroporti rekonstruksiyadan so‘ng ishga tushirildi
26 dekabr kuni Termiz xalqaro aeroporti birinchi reysni qabul qildi. Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent - Termiz yo‘nalishi bo‘yicha HY-65 reysi, bortida 146 nafar yo‘lovchilar bilan, soat 08:15 da Termiz aeroportiga kelib qo‘ndi.
55 kunlik tanaffusdan so‘ng Termiz xalqaro aeroporti samolyotlarni qabul qilish va jo‘natish uchun yana ochildi. Qayta qurish doirasida uzunligi 3000 metr va eni 60 metr bo‘lgan yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi, yurish yo‘laklari va uchta samolyot to‘xtash joyi uchun perronni o‘z ichiga olgan, yangi 4E toifali aerodrom majmuasi qurildi.
Shuningdek, aerodromga zamonaviy CAT-I ICAO yoritish uskunalari tizimi, meteorologik va radionavigatsiya qo‘nish tizimlari o‘rnatildi. Yangi aerodrom majmuasini qurish loyihasi 550 milliard so‘mga baholanmoqda. Ayni paytda 377 milliard so‘mlik ishlar bajarilgan. Loyihaning yakuniy bosqichi — uchta samolyot turar joyi va ikkinchi yurish yo‘lagi 2023 yilning apreligacha yakunlanishi rejalashtirilmoqda.
Termizdagi yangi aerodromning uchish-qo‘nish yo‘lagi betondan qurilgan. Bu Surxondaryo viloyatining issiq iqlimi sharoitida eng yaxshi yechim — betondan yasalgan uchish-qo‘nish yo‘lagi mustahkamroq va chidamliroq. Bugungi kunga qadar faqat Navoiy va Termiz aeroportlarida betondan uchish-qo‘nish yo‘lagi qurilgan.
Termiz aeroporti yangi aerodrom majmuasini foydalanishga topshirishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani munosabati bilan 1 noyabr kuni yopilgan va parvozlar vaqtincha respublikaning boshqa xalqaro aeroportlariga yo‘naltirilib kelingan edi. Aeroport terminali ham rekonstruksiya qilinib, 2019 yilda foydalanishga topshirilgan.
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
08:38 / 29.05.2026
Xitoy dengiz o‘rtasida dunyodagi eng yirik aeroportni qurmoqda
17:03 / 23.05.2026
Termizda quruvchiga 217 tup daraxtni kesib tashlashda yordamlashgan sobiq mansabdor jazoga tortildi
08:36 / 15.05.2026