O‘zbekiston | 12:14 / 27.12.2022
8276
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona xorijga meva va sabzavotlar eksportida birinchi o‘rinni egalladi

Qaysi hudud meva va sabzavotlar eksportida yetakchi ekani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz

2022 yilning yanvar-noyabr oylarida xorijga meva va sabzavotlar eksport qilgan hududlar orasida Farg‘ona viloyati birinchi o‘rinni egalladi – 289,3 ming tonna.

Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 217 ming tonna hamda 180,1 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan Toshkent viloyati va Samarqand viloyati joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar bo‘yicha quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:

  • Surxondaryo viloyati – 157 ming tonna;
  • Xorazm viloyati – 144 ming tonna; 
  • Namangan viloyati – 141,5 ming tonna;
  • Andijon viloyati – 106,8 ming tonna;
  • Toshkent shahri – 89,1 ming tonna;
  • Jizzax viloyati – 77,1 ming tonna;
  • Buxoro viloyati – 67,6 ming tonna;
  • Qashqadaryo viloyati – 49,3 ming tonna;
  • Sirdaryo viloyati – 45,4 ming tonna;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 23,7 ming tonna;
  • Navoiy viloyati – 10,6 ming tonna.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid