Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keyingi yil O‘zbekistonda Qatar elchixonasi ochiladi
Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Qatarning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Hasan Hamza Hoshimni qabul qildi.
Vazir ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olar ekan, elchini lavozimga kirishgani bilan tabrikladi. Muloqot avvalida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Qatar tomonini futbol bo‘yicha jahon chempionati muvaffaqiyatli o‘tkazgani bilan qutlagan.
O‘zbekiston – Qatar munosabatlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. O‘zbekiston va Qatar ko‘p qirrali ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun salmoqli salohiyatga ega ekani ta’kidlandi.

Kun.uz muxbirining aniqlashicha, Norov uchrashuv davomida 2023 yil O‘zbekistonda Qatar elchixonasi ochilishini aytgan.
Mavzuga oid
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
08:41 / 05.06.2026
Belgiya Toshkentda elchixona ochadi
12:18 / 23.05.2026