Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada eng boy ukrainalik milliarderlardan biri hibsga olindi
Ukrainaning eng boy milliarderlaridan biri va Radaning sobiq deputati Konstantin Jyevago Kiyev talabiga binoan Fransiyada hibsga olindi. Ukrainada tadbirkor o‘ziga tegishli bankdagi 113 million dollarni o‘zlashtirganlikda gumon qilinmoqda.
Ukrainalik milliarder Konstantin Jyevago 27 dekabr kuni Fransiyaning Kurshevel shahridagi mehmonxonada Ukraina Davlat tergov byurosi talabiga binoan qo‘lga olindi. Kiyev uning ekstraditsiyasini talab qilmoqchi va kerakli hujjatlarni tayyorlamoqda.
Jyevago - Oliy Radaning sobiq deputati, Ukrainaning bankrot bo‘lgan «Finansy i Kredit» bankining sobiq egasi va Kurshevel giganti Ferrexpo korxonasining asosiy aksiyadori. U Ukrainaning eng boy milliarderlaridan biri. Forbes reytingiga ko‘ra, Jyevagoning sof boyligi 1,3 milliard dollarga baholanmoqda, bu unga eng boy ukrainaliklar ro‘yxatida Rinat Axmetov va Viktor Pinchukdan keyin uchinchi o‘rinni egallash imkonini beradi.
Jyevago so‘nggi yillarda London va Dubayda yashagan va Ukrainada ko‘rinmagan. Tadbirkor 2015 yilda bankrot bo‘lgan «Finansy i Kredit» bankidagi ehtimoliy firibgarlik bo‘yicha tergov olib borilayotgan paytda Ukrainani tark etgan edi. U 113 million dollarni o‘zlashtirganlikda ayblangan. 2021 yilda Interpol Kiyev iltimosiga ko‘ra tadbirkorni xalqaro qidiruvga bergan edi.
Mavzuga oid
19:04 / 30.06.2026
«Zarar bor» – Putin Ukraina hujumlari, benzin taqchilligi va Ankorij kelishuvi haqida
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
09:35 / 29.06.2026
Zelenskiy: Ukraina o‘z qahramonlarini o‘zi tanlaydi
14:59 / 28.06.2026